Bulutli xizmatlar yordamida foydalanuvchilar o‘z ma'lumotlarini xavfsiz saqlab,
ularga istalgan vaqtda, istalgan joydan kirishlari mumkin.
Mashhur bulutli
xizmatlarga
Google Drive
,
Dropbox
,
Amazon S3
, va
Microsoft Azure
kiradi.
NAS (Network-Attached Storage)
: NAS tizimlari korxonalar va jamoalar
uchun ma'lumotlarni markaziy tarzda saqlash imkonini beradi. Bu tizimlar lokal
tarmoqqa ulangan saqlash vositasi bo‘lib, ko‘p foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida
ma'lumotlarga kirishi mumkin.
2.5 Axborot xavfsizligi va himoya tizimlari
Axborot xavfsizligi va himoya tizimlari bugungi kunda raqamli dunyoda
ma'lumotlarning maxfiyligi, butunligi va mavjudligini ta'minlash uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu sohada ishlatiladigan texnologiyalar va usullar,
ma'lumotlarni
ruxsatsiz kirish, buzish yoki o'g'irlashdan himoya qilishga
qaratilgan.