• Aktiv quvvat (P) va reaktiv quvvat (Q)
  • Kuchlanishni o‘lchash usullari va vositalari




    Download 0,88 Mb.
    bet4/5
    Sana24.11.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #104722
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    23-variant

    Kuchlanishni o‘lchash usullari va vositalari
    Kuchlanishni o‘lchash uchun zanjirning istalgan (kuchlanishi o‘lchanuvchi) qismiga voltmetr parallel qilib ulanadi. Voltmetr deganda shkalasi voltlarda darajalangan katta qo‘shimcha ichki qarshiligi nisbatan katta millivoltmetr tushuniladi. O‘zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishni o‘lchash uchun, odatda, yuqori aniqlikdagi magnitoelektrik mexanizmli voltmetrlar ishlatiladi.

    Shu bilan birga, o‘zgarmas tok zanjirlaridagi kuchlanishni o‘lchash uchun elektromagnit, elektrodinamik, aylantirgich va issiqlik sistemasidagi voltmetrlardan ham foydalansa bo‘ladi, ammo bunda o‘lchash aniqligi nisbatan pastroq bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanishni o‘lchash uchun magnitoelektrik sistemadan boshqa barcha sistemadagi voltmetrlardan foydalansa bo‘ladi. Bunda albatta, voltmetr chastotasiga katta ahamiyat berish kerak, aks holda chastota bo‘yicha qo‘shimcha o‘lchash xatoligi vujudga kelishi mumkin. Yuqori chastotali (100 mGs) o‘zgaruvchan tok kuchlanishi issiqlik, aylantirgichli sistemalardagi voltmetrlar va elektron voltmetrlar yordamida o‘lchanadi.


    Kichik o‘zgaruvchan kuchlanishlar (milli va mikrovoltlar) to‘g‘rilagichli va elektron millivoltmetrlar yordamida o‘lchanadi. Kichik o‘zgaruvchan kuchlanishlar (milli va mikrovoltlar) to‘g‘rilagichli va elektron millivoltmetrlar yordamida o‘lchanadi. Voltmetr zanjirga ulanishi bilan zanjirning qarshiligini o‘zgartirib, o‘lchash usulidagi xatolikni hosil qiladi. O‘lchash usulidagi xatolikni nolga teng yoki juda kichik (asbobning xatoligidan 5-10 marta kichik) bo‘lishi uchun voltmetr qarshiligi cheksiz yoki juda katta (bir necha o‘n, yuz kiloOm) bo‘lishi kerak.


    1. Aktiv quvvat (P) va reaktiv quvvat (Q): Yuklar yoki tarmoqlar faoliyat ko'rsatkichlari, aktiv quvvat (vaqtincha) va reaktiv quvvat (o'zgaruvchan) tarqalishini ifodalaydi. Aktiv quvvat vatt (W) birligida, reaktiv quvvat esa volt-amper reaktivi (VAR) yoki volt-amper (VA) birligidirida ifodalangan.


    2. Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchlanishni o‘lchash usullari va vositalari

    Download 0,88 Mb.