|
O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 10/22 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 13,87 Mb. | | #262242 |
Bog'liq Dadajonov Hikmatillo diplom ishiPHP da if sikl operatori
If else(agar, aks holda) so’rov operatori. Barcha dasturlash tillarida bo’lgani kabi PHP dasturlash tilida ham bu operator mavjud. Biror dastur tuzishda bu operatoring o’rni kattadir. If else orqali tekshirish jarayonlari amalga oshiriladi, ya’ni agar amal rost bo’lsa, biror buyruqni bajar, aks holda boshqasini.
Ma’lumotlar bazasi - bu tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o’zida saqlovchi va berilgan so’rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o’zida saqlaydi, yoki bo’lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so’rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so’rov beriladi, bu so’rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so’rovga mos ma’lumotni olib, so’rovga javob beradi:
So’rov berish:
SQL so’rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi
natija olish:
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So’rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT ga misol bo’la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
MySQL — bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma’lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.
Ho‘sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma’lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya’ni fayl ochilib kerakli ma’lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya’ni faylni ochish, o‘qish, yopish,.. ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko‘p), ma’lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma’lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma’lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya’ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturimizda ishlatsak, bu dasturimiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishimiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishimiz kerak.
MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
MySQL juda ko‘p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo‘lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo‘lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o‘ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma’lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|