• NIZOMI RR
  • O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 308 Kb.
    bet1/8
    Sana06.01.2024
    Hajmi308 Kb.
    #131246
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Кафедра низоми(КТ-2017)
    Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT

    P
    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
    Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
    Kompyuter injiniringi fakulteti


    «TASDIQLAYMAN»
    TATU Samarqand filiali
    direktori
    __________ Z.A. Karshiyev
    «____»______________2023 y.
    “Kompyuter tizimlari” kafedrasi
    NIZOMI
    RR

    Kafedraning nizomi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil “03” dekabr 487-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining kafedralari to’g’risida”gi nizom asosida tayyorlangan.

    1. Kafedra, TATU SF tuzilishidagi, bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shunigdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi, asosiy tarmoq hisoblanadi.

    2. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita direktorga buysunadi.

    3. Kafedrani, odatda, professor unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan, belgilangan tartibda shu vazifaga saylanuvchi, kafedra mudiri boshqaradi. Kafedra tarkibiga professorlar, dosentlar, katta o’qituvchilar, assistentlar va o’quv-yordamchi xodimlar kiradi.

    4. Kafedra mudiri, TATU SFning barcha tarmoqlarida kafedra faoliyatiga tegishli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi; kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalarini va kafedra faoliyati doirasidagi boshqa xujjatlarni tasdiqlaydi; kafedra xodimlariga pedagogik yuklamalarni bo’ladi va xodimlarining funksional vazifalarini belgilaydi hamda ularning o’z vaktida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi; kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko’rish to’g’risida oliy o’quv yurti rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi; TATU SFning tegishli xizmat tarmoqlaridan o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini o’tkazish uchun zaruriy bo’lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi. Kafedra mudirining shaxsiy rejasi TATU SFning direktori tomonidan tasdiqlanadi.

    5. Kafedra faoliyati uchun shaxsiy ma’suliyat kafedra mudiriga yuklatiladi. Kafedra mudirining shaxsiy rejasi TATU SF O’quМ ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

    6. Kafedraning ishi, o’quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tadqiqot va boshqa ish turlarini kamrab olgan, istikboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofik amalga oshiriladi.

    Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, kafedra professor-o’qituvchilarining ishtirokidagi kafedra majlislarida, kafedra mudirining raisligida muhokama etiladi.
    Kafedra majlislariga kafedraning boshqa xodimlari yoki boshqa kafedralardan va oliy o’quv yurtlaridan (xorijiylardan xam) xodimlar taklif etilishi mumkin.

    1. Kafedra zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

    – barcha o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan xollarda) bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarida belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg’ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish; talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik disertasiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish; talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish; talabalarning auditoriyadan tashkari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;
    – rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
    – kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
    – darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalarni tayyorlash, shuningdek, TATU SF direktoratining topshirig’iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish; nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo’yicha zaruriy o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
    – iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakli va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimazasiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo’yicha choralar ko’rish;
    – tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish; ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy - tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
    – kafedra xodimlarining shaxsiy rejalaridagi o’quv, o’quv – uslubiy va tarbiyaviy ishlarini ko’rib chiqish; tajribali o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish; pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan o’qituvchilarga pedagogik mohirlikni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan va yakka tartibda o’qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish; masofali ta’lim tizimini rivojlantirish; xorijiy o’quv yurtlarining ish tajribasini yoritib borish;
    – raqobatbardosh va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki direktorat topshirig’iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertasiyalarni ko’rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
    – byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo’jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon fermer va boshqa xo’jaliklar bilan aloqa o’rnatish;
    – TATU SFni bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitirgan talabalar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
    – kafedra profili bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish; ta’lim xizmatini ko’rsatish tizimini keng rivojlantirish;
    – xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

    1. Kafedrada, kamida beshta o’qituvchi mavjud bo’lganda ularning biri odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori darajasiga va kamida ikkitasi fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo’lganda tashkil etiladi.

    2. Kafedrada, o’quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o’quv va ilmiy laboratoriyalarga, xonalarga, markazlarga va boshqa tarmoqlarga ega bo’lishish mumkin.

    3. Kafedrada, zaruriy holatlarda, korxona yoki tashkilot hududida joylashtirilgan filialga ega bo’lishi va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.

    Kafedra filialida shtatdagi o’qituvchi va xodimlar kabi, o’rindoshlik bo’yicha jalb etilgan, korxona va tashkilotning yetakchi mutaxassislari ishlaydilar.
    Kafedra filialiga rahbarlik qilish, kafedra mudirining takdimnomasiga binoan va muvofiq korxona yoki tashkilot bilan kelishilgan holda TATU SFning direktori tomonidan filial tashkil etilgan korxona yoki tashkilotning yetakchi mutaxassislaridan biriga, odatda, ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo’lgan va kafedrada shtat o’rindoshligi shartida ishlayotgan shaxsga topshiriladi.
    Kafedra filialiga rahbarlik qilish bo’yicha ishlar, direktorning topshirig’i bo’yicha tashkiliy-uslubiy ishlar sifatida, o’qituvchining shaxsiy rejasida hisobga olinadi.
    Kafedra filialida barcha turdagi ishlar bo’yicha belgilangan muddatlarga muvofiq kafedra oldida hisobot beradi.

    1. Kafedra, TATU SF Ilmiy Kengashining qarori asosida, direktorning buyrug’i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.

    Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari TATU SFning direktori tomonidan tasdiqlanadi.

    1. Kafedraning professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari lavozimlariga saylash «Oliy o’quv yurtlari pedagogika xodimlarini ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofik belgilangan tartibda tanlov bo’yicha amalga oshiriladi.


    Download 308 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 308 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 308 Kb.