• KAFEDRA ZIMMASIGA QUYIDAGI VAZIFALAR YUKLATILADI
  • O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 308 Kb.
    bet3/8
    Sana06.01.2024
    Hajmi308 Kb.
    #131246
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Кафедра низоми(КТ-2017)

    KABINET MUDINING VAZIFASI

    1. O’quv jarayonini kerakli ma’lumotlar, ko’rgazmali qurollar va asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

    2. Amaliy va laboratoriya darslari paytida darslarga qatnashishi;

    3. O’quv darslari jadvalining bajarilishini kuzatib borish va taxsilgox o’qituvchilarini bundan xabardor kilib turish;

    4. Talabalar bajargan kontrol ishlarini, amaliy mashg’ulot hisobotlarini qayd etib borish;

    5. Kafedra grafigi bo’yicha darsxonalarda va kabinetlarda navbatchilik qilish;

    6. Ko’rgazmali qurollar tayyorlashda ishtirok etish;

    7. Kafedradagi o’quv va ilmiy tekshirish ishlarida ishtirok etish;

    8. Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tkazishni ta’minlash;

    9. Amaliy ishlarini bajarayotgan talabalarga ko’maklashish;

    10. Laboratoriya ishlarini bajarish paytida texnika xavfsizligi, yong’inga karshi kurash qoidalariga amal qilish;

    11. Kabinet mudiri talabalarga va o’qituvchilarga dars paytida foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar (kompyuterlar, proyektorlar v.h.)ning to’g’ri ishlatilishini va saqlanishini kuzatib borishi hamda muddati o’tgan asboblarni kafedra hisobidan chiqarishga qatnashishi kerak;

    12. Kompyuterda ishlash.

    KAFEDRA ZIMMASIGA QUYIDAGI VAZIFALAR YUKLATILADI:

    1. Barcha o’quv shakllari bo’yicha Oliy talimning DTSlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya va boshqa turdagi mashg’ulotlarni nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish;

    2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy amaliyotiga, magistrlik dissertasiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini bahoshlashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;

    3. Kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

    4. Darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy va metodik ko’rsatmalarni tayyorlash;

    5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;

    6. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

    7. Byudjetdan tashkari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo’jaligi korxonalari, kooperativlar, dehkon, fermer va boshqa xo’jaliklar bilan aloqa o’rnatish;

    8. TATU SF bakalavriat yo’nalishini bitirganlar va mazkur kafedrada magistraturani o’qigan bitiruvchilar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

    9. Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hokazolar.




    Download 308 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 308 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 308 Kb.