KAFEDRADA PROFESSOR – O’QITUVChILARI VA XODIMLARI




Download 308 Kb.
bet2/8
Sana06.01.2024
Hajmi308 Kb.
#131246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Кафедра низоми(КТ-2017)

KAFEDRADA PROFESSOR – O’QITUVChILARI VA XODIMLARI



  1. Professor-o’qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dosent, katta o’qituvchi, assistent lavozimlari kiradi.

Pedagogik faoliyat yuritish huquqiga tegishli oliy ta’limga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori ma’naviy axloqiy sifatlari bor bo’lgan shaxslar egadir. Pedagogik faoliyati bilan shug’ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi.

  1. Oliy ta’lim muassasalaridagi barcha ilmiy-pedagogik xodimlar lavozimlarini egallash mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasiga pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibini tegishli Nizom belgilaydi. Ilmiy- pedagogik lavozimni egallash uchun mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilishidan oldin tanlov o’tkaziladi.

  2. Kafedrada ilmiy-pedagogik xodimlari ko’yidagi huquqlarga ega:

  • rasmiy tartibda fakultet Ilmiy Kengashiga saylanishi va unga saylash;

  • TATU SF, fakultet va kafedra faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish;

  • kutubxonalar, axborot fondlari, o’kuv va ilmiy bo’linmalar hamda ta’lim muassasasi Nizomida ko’rsatilgan va (yoki) jamoat kelishuviga muvofik, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa tarkibiy bo’linmalar xizmatlaridan tekin foydalanish;

  • o’kuv kurslari mazmunini oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq aniqlash;

  • o’kuv jarayonini yuqori sifatli darajada ta’minlash maqsadida, o’zlarining shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan ta’lim usullari va vositalarini tanlash;

  • qonunda belgilangan tartibda TATU SF bo’yruqlari va fakultet farmoyishlariga norozilik bildirish;

  • o’z kasbiy faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnikaviy ta’minlanishini talab qilish.

  1. Professor-o’qituvchilar tomonidan talabalar va magistrantlar keng jalb qilingan xolda Ilmiy Kengashning mavzuli rejasi, korxona va tashkilotlar buyurtmasi hamda davlat grantlari bo’yicha ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Kafedra ilmiy-pedagogik xodimlari ko’yidagilarni bajarishlari shart:

  • pedagogik va ilmiy jarayonlarning yuqori samaradorligini ta’minlash;

  • TATU SF, fakultet va kafedra Nizomiga amal qilish;

  • ta’lim oluvchilarda tanlagan yo’nalishi (ixtisosligi) ga monand kasbiy maxoratni, fuqarolik nuqtai nazarni shakllantirish;

  • ta’lim oluvchilarda mustakillik, tashabbuskorlik, ijodiy kobiliyatni rivojlantirish;

  • muntazam ravishda o’z malakasini oshirish.

  1. Kafedra pedagog xodimlari o’z kasbiy bilim va maxoratlarini yangilab borishi maqsadida belgilangan tartibda malakalarini oshiradilar va qayta tayyorgarlikdan o’tadilar.

Ilmiy pedagogik xodimlar malakasini oshirish davlat grantlari asosida yoki jismoniy va yuridik shaxslar bilan yoxud ilmiy muassasalararo bitilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Malaka oshirishning tartibi, turi va shakli tegishli Nizom orqali joriy kilinadi.

  1. Kafedra ilmiy xodimlari o’zlari uchun xavfsizlik chora-tadbirlarini ta’minlaydigan, shaxsiy kobiliyatlariga to’la javob beradigan va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlayodigan ilmiy izlanish usullari va vositalarini tanlashga haklidirlar.

Ilmiy xodimlar kafedra Nizomiga amal qilishlari shart.

  1. Ilmiy – pedagogik xodimlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalari magistraturasi, doktoranturasida hamda izlanuvchanlik tartibida amalga oshiriladi.

  2. Kafedra ilmiy pedagogik xodimlari qonunda belgilangan va fakultet va TATU SF ta’lim muassasasi Nizomida ko’zda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.




Download 308 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 308 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KAFEDRADA PROFESSOR – O’QITUVChILARI VA XODIMLARI

Download 308 Kb.