• Nazariy qism
  • Tashkilot ichki aloqalarni tashkil etish kommunikatsiyasining samaradorligini o‘rganish (So‘rovnoma o‘tkazish) Ishning maqsadi




    Download 120,57 Kb.
    bet1/4
    Sana07.12.2023
    Hajmi120,57 Kb.
    #113481
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Топшириқ 2


    Tashkilot ichki aloqalarni tashkil etish kommunikatsiyasining samaradorligini o‘rganish (So‘rovnoma o‘tkazish)


    Ishning maqsadi: Talabalar mustaqil ravishda tashkilotning ichki kommunikatsiyasning samaradorligini so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan aniqlaydi. So‘rovnoma natijalari asosida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saralash va tahlil qilishni o‘rganadi va kasbiy ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
    Nazariy qism
    Tashkilotning ichki kommunikatsiyasning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib boriladigan so‘rovnoma tadqiqoti muammoni o‘rganishda imkon qadar ob’ektivlikga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirish va muayyan ketma-ketligini nazarda tutuvchi bosqichlardan iborat bo‘ladi.
    O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Hozirgi o‘ta globallashgan zamonda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi o‘z navbatida tashkilotlar uchun ko‘p yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tashkilot rahbari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e’tiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli kompaniyalarida qo‘llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib,ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
    Boshqaruv xodimlari - boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi xodimlar, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga erishishi uchun zarur tashkiliy – texnik shartlarni, yuklangan funksiyalarni va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv xodimlari o‘z navbatida rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi.
    Ishlab chiqarish xodimlar – tashkilotning asosiy mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan xodimlar. Ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan mutaxassislar ham kiradi.
    Texnik xodimlar – funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajarish (nashr etish, ko‘paytirish, arxivlash, kutubxona ishi, xujjatlarni yetkazib berishva boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar.
    Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar – funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo‘jalik xizmati ko‘rsatishi qo‘riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmat ko‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy maishiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari ham kiradi.
    Xulosa sifatida aytish mumkinki, xodimlarni boshqarishda tashkilotning ichki aloqalarini tizimini samaradorligini oshirish ishlarini amalga oshirish borasida quyidagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi:
    -xodimlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish va yuqori lavozimlarga ko‘tarishda ularning kasbiy malaka darajasi, ishga munosabati, ahloqiy sifatlari, faoliyat natijalariga har tomonlama va ob’ektiv baho berish zarur. Kasbiy faoliyatiga baho berishda ochiqlik va tenglik tamoyillariga asoslangan tanlovdan foydalangan ma’qul;
    - barcha tashkilotlarda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi, ya’ni KPI (Key Performance Indicators, KPI) tizimini joriy qilish. Tizim tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashning motivatsion va samarali tizimini ko‘rsatkichlar orqali ko‘rish imkonini beradi;
    - barcha tashkilotlarda axborotlashtirish, raqamlashtirish tizimini kuchaytirish. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda, barcha sohaga raqamlashtirish tizimi kirib borayotgan bir paytda tashkilotlarda zamonaviy innovatsion tizimni joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Umuman olganda boshqaruvda kadrlarning to‘g‘ri tanlanilishi va joy- joyiga qo‘yilishi korxona va tashkilotlarning yutuqlari, mavqeini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda rahbar kadrlarga nisbatan kreativ yondashuvlar, tanqidiy tahliliy munosabat va maqbul shart - sharoitlar yaratish talabi qo‘yilmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotda xodimlarni boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardan to‘g‘ri va samarali foydalanish pirovard natijada tashkilot iqtisodiy samaradorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlarning barchasi yangilanayotgan O‘zbekistonda kadrlar sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishni anglatadi.

    Download 120,57 Kb.
      1   2   3   4




    Download 120,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashkilot ichki aloqalarni tashkil etish kommunikatsiyasining samaradorligini o‘rganish (So‘rovnoma o‘tkazish) Ishning maqsadi

    Download 120,57 Kb.