O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi




Download 0,49 Mb.
bet2/5
Sana24.11.2023
Hajmi0,49 Mb.
#105097
1   2   3   4   5
Bog'liq
2amaliy it

Texnologiyaning maqsadi: murakkab masalalarni yechishda yangi g‘oyalar qidirib topishga yordam beradigan samarali sxema. Bu texnologiyaning kelib chiqishiga barcha yangi g‘oya yoki fikrlar eskilarining modifisirlangan shakli ekanligiga tasdiqlovchi kuzatuvlar sabab bo‘lgan.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

  • qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;

  • har bir ishtirokchiga «SCAMRER»texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:

  • ishtirokchilarning munosabatlari guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

«SCAMRER» usuliqatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
SUBSTITUTE (almashtirish) – mavjud bo‘lgan muammoning, jarayonning, harakatlar tartibining bir qismini nima bilan va qanday qilib almashtirish haqida fikrlash, bu o‘z-o‘zidan yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Savollar:
1. Tarkibiy qismlarni qanday qilib va nima bilan almashtirsa bo‘ladi?
2. Mavjud qoidalarni qanday qilib va nima bilan o‘zgartirsa bo‘ladi?
3. Qanday qilib va nima bilan shaklni almashtirsa bo‘ladi?
4. Jarayon qatnashchilarini nima bilan va qanday qilib almashtirsa bo‘ladi?
5. Hodisa yoki jarayon nomini o‘zgartirsa bo‘ladimi?
6. Bir qismni boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladimi?
7. Ushbu g‘oyani yangi yo‘nalishda qo‘llab bo‘ladimi?
8. Jarayon yoki hodisa bilan bog‘liq hissiyotlarimizni o‘zgartirsak bo‘ladimi?
9. Jarayon yoki hodisaga, ob’yektga nisbatan o‘zimizning munosabatimizni o‘zgartirsak bo‘ladimi?
COMBINE (birlashtirish) – oldingizga qo‘yilgan muammoning yechimini topish uchun muammoni bir nechta qismlarini birlashtirish yoki ushbu qismlarning o‘zaro ta’sirini kuchaytirish imkoniyati borligi haqida o‘ylang.
Kreativ fikrlash va g‘oyalarni generasiyalash muammoning mavjud bo‘lgan, ammo azaldan o‘zaro bog‘lanmagan qismlarini qo‘shish yoki yo‘q narsani yaratishni taxmin qiladi.
Savollar:
1. Bir nechta o‘y-fikrlar natijalarini yoki ularning qismlarini birlashtirish mumkinmi va qanday qilib?
2. Oldimizga qo‘yilgan masalani boshqasi bilan birlashtirish mumkinmi?
3. Qo‘llash sohasini kengaytirish uchun nimani birlashtirsak bo‘ladi?
4. Nimalar birlashtirilishi mumkin?
5. Natijaga erishish uchun turli imkoniyatlarni birlashtirsa bo‘ladimi?
ADAPT (moslashtirish) – mavjud bo‘lgan g‘oyalar va usullar yordamida yangi masalalarni yechish haqida o‘ylab ko‘ring. Aynan shu narsa eng kerakli yechim bo‘lishi mumkin. Bu yerda shunga asoslanish kerak-ki, yangi g‘oyalar hozirda mavjud bo‘lgan g‘oyalarning qismlaridan tashkil topadi.
Savollar:
1. Analoglar bormi, va u nimaga o‘xshashi mumkin?
2. Shunga o‘xshash narsa bilan tanishmanmi?
3. Bu vaziyatdan yana nimani olish mumkin?
4. Bu muammoni hal qilish uchun bor narsalarning qaysisidan foydalana olishim mumkin?
5. O‘zim uchun ishlatish maqsadida kimningdir g‘oyasini qo‘llay olamanmi?
6. Mening konsepsiyam boshqa kontekstda namoyon bo‘lishi mumkinmi?
7. Qo‘llay olishim mumkin bo‘lgan boshqa sohadagi g‘oyalar bormi?
MODIFY/MAGNIFY (modifikasiyalash, kattalashtirish) – mavjud g‘oyalarni kengaytirish yoki modifikasiyalash usullarini izlash.
Bunday yo‘l bilan nafaqat muammo yechimining ayni vaqtdagi variantlarini o‘zgartirish, balki muammoni yangi rakurs ostida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish, shuningdek harakatlar samarasini oshirish mumkin.
Savollar:
1. Nimani va qanday qilib modifikasiyalash mumkin?
2. Qaysi g‘oyalarni kengaytirish mumkin va qanday qilib?
3. Eng katta samaraga olib keluvchi nimani bajarish mumkin va qanday qilib?
4. Buni osongina qayta qilish iloji bormi?
5. Mavjud bo‘lgan g‘oya va konsepsiyalarga qo‘shimcha baxo bersa bo‘ladimi?
PUT TO OTHER USES (boshqacha qo‘llash tavsiyasi yoki boshqa sohalarda qo‘llash). Aynan shu vaqtdagi g‘oyani boshqa sohalarda qo‘llash imkoni bormi? Oldin qo‘llanilgan usullar orasida hozirgi muammoni yechimini topish uchun yordam beradigan biron narsa bormi? Ko‘pgina holatlarda bir nechta masalalarni faqat bittagina usulbilan yechish mumkin, faqat bu imkoniyatni ko‘ra bilish kerak.
Savollar:
1. Buni yana qanday qilib qo‘llash mumkin?
2. Buni rejalashtirilgan narsadan tashqari yana boshqasiga qo‘llash mumkinmi?
3. Shu g‘oyani boshqalar qanday qilib qo‘llayolishi mumkin?
4. Mavjud g‘oyani o‘zgartirgan holda qo‘llash mumkinmi?
5. Agar shu g‘oyani men hozirgina bilgan bo‘lsa muni qanday baholagan bo‘lardim?
ELEMINATE (bartaraf qilish yoki minimumgacha o‘zgartirish, qisqartirish). Sizning hozirgi g‘oya yoki konsepsiyangizni qayta ishlash maqsadida uning ba’zi qismlari olib tashlansa yoki minimallashtirilsa nima sodir bo‘lishini faraz qiling. Bir nechta tarkibiy qismlarni olib tashlashga harakat qiling, – bu muammolar doirasini kichiklashtirishga yoki umumiydan o‘tishga yordam beradi.
Savollar:
1. Muammoni soddalashtirish imkoni bormi?
2. Jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasdan kontekstdan nimalarni olib tashlash mumkin?
3. Qaysi shart majburiy emas?
4. Muammoni bir nechta qismlarga ajratish mumkinmi yoki shartmi?
5. Muammoni ancha kam hajmda keltirish mumkinmi?
REARRANGE/REVERSE (tartibini o‘zgartirish). Teskari tartibda harakat qilish, harakatlar ketma-ketligini o‘zgartirish imkoni bor yoki yo‘qligi haqida o‘ylaning, buning uchun nima qilish kerak va bu qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Ba’zi vaziyatlarda bu muammoning yechimini tez topishga imkon beradi va yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Savollar:
1. Qanday tartib eng potimal bo‘ladi?
2. Alohida qismlar o‘zaro almashish xususiyatiga egami?
3. Harakatlarning boshqa ketma-ketligi bo‘lishi mumkinmi?
4. Sabab va oqibatni o‘zaro joylarini almashtirish mumkinmi?
5. Ijobiy va salbiy jihatlarni o‘rnini almashtirsa bo‘ladimi?
6. Muammoni teskari tartibda ko‘rib chiqsak nima bo‘ladi?
7. Agar men eng oxiridan harakat qilsam nima bo‘ladi?
«SCAMPER» uslubi yetarlicha oddiy, lekin birinchi qarashda boshqacha tuyulishi mumkin. Shu narsani tushunib olish kerak-ki, bu usul shablonni parchalashni, muammolar yechimini topishning yangi usullarini izlash va mavjud yechimlar hamda g‘oyalarga asoslangan yangi fikrlar generasiyasini shakllantirishni belgilaydi. Ammo bu usulni to‘g‘ri va samarali ishlatish uchun tajriba kerak, bo‘lmasa undan ma’lum bir samara olish murakkab.
Yangi g'oyalarni yaratish juda mashaqqatli jarayon, garchi bu juda hayajonli. Ba'zi insonlar osonlik bilan har xil yangi g'oyalarni o'ylab topishlari mumkin, go’yo ularda har doim tayyor bo'ladilar, boshqalari esa, hatto ehtiyotkorlik bilan, shiddatli o'ylashdan keyin ham, qiziqarli narsalarni topa olmaydilar, faqat bitta yoki ikkita g'oyadan tashqari," Bularning hammasi allaqachon bo'lgan" degan fikr oldinda turadi. Bu yaxshi ham, yomon ham emas, faqat har xil insonlarning fikrlashlari va qobiliyatlari har xil. Agar siz to'satdan yangi g'oyani o'ylab topishingiz kerak bo'lsa-yu, lekin hech qanday aqlli narsa xayolingizga kelmasa, SCAMPER usuli yordamingizga keladi.
SCAMPER metodikasi - bu yangi g'oyalarni yaratishni rag'batlantiradigan aniq savollarni berish sxemasi. Boshqacha aytganda, bu ijodkorlik texnikasi. Uning muallifi Bob Eberl hisoblansada, ammo uni amerikalik jurnalist va ijodiy jarayon tadqiqotchisi Aleks Osborn takomillashtirgan. Texnika har bir yangi narsa allaqachon mavjud bo'lgan narsaning modifikatsiyasi (almashtirish yoki orniga qoyish) degan fikrga asoslanadi. "SCAMPER" qisqartma bo'lib, unda har bir harf o'rganilayotgan muammoning xususiyatlari bilan mustaqil ishlash usulini tavsiflovchi so'zni anglatadi.
Shunday qilib, uning turli jihatlari, jumladan, hali kam qo'llaniladigan va rivojlanish yoki takomillashtirish potentsialiga ega bo'lgan jihatlari o'rganilmoqda.
Metodikadan foydalanish quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi:


Download 0,49 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi

Download 0,49 Mb.