Alohida turdagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish qoidalari




Download 1,15 Mb.
bet8/8
Sana06.02.2024
Hajmi1,15 Mb.
#152394
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergasheva Nigora individual loiha
Angola, habibullayev, bKmQ5cvPXMDbjWTk7qQMRqe2gOMk4NIbT335SKWY (1), 1-s2.0-S0016706119311644-main, 4 ноябрь силабус maxsus fanlar o`qitish metodikasi magistlarga 12doc, 13.03.23, Boshlang\'ich matematika kursi nazariyasi 12-variant. 10.22, 4-ma’ruza. Quruq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi., 45, 434 алочи ходим, shnk-2.01.02-04-uzgartirish-1, 226-сонли от 10.05.19, Cho‘kayotgan kishiga qanday yordam berish mumkin?-fayllar.org, Dispersiya hossalari, tanlanmaning bahosining to\'g\'rilangan disp, 1-amaliy Kampyuter tarmoqlari
Alohida turdagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish qoidalari

Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
Inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va holati;
Texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.
Asosiy vositalarni inventarizatsiyasini o‘tkazayotganda komissiya majburiy tartibda obyektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarizatsiya ro‘yxatlariga ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini qayd etadi.
Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan obyektlar aniqlanganda komissiya inventarizatsiya ro‘yxatiga ana shu obyektlar bo‘yicha yetishmaydigan yoki to‘g‘ri ma’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlarni kiritishi kerak, masalan:
binolar bo‘yicha — ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), qurilgan yili va hokazolar;
kanallar bo‘yicha — uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari;
ko‘priklar bo‘yicha — joylashgan eri, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari;
yo‘llar bo‘yicha — yo‘l turi (tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat bo‘yicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak.
Asosiy vositalar ro‘yxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari bo‘yicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijada uning asosiy vazifasi o‘zgargan bo‘lsa, u ro‘yxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.
Agar komissiya kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruk tiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar bo‘yicha obyekt boshlang‘ich qiymatining ko‘payish yoki kamayish elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar bo‘yicha obyekt boshlang‘ich qiymatining ko‘payish yoki kamayish summasini aniqlashi va ro‘yxatda qilingan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirishi kerak. Bir vaqtning o‘zida komissiya bunda aybdor bo‘lgan shaxslarni va u yoki bu obyektlarni konstruktiv o‘zgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart. Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi, chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar ko‘rsatilgan holda kiritiladi. Bir vaqtda bir sex yoki bo‘limga kelib tushgan va guruh hisobining namunaviy inventar kartochkasida qayd etiladigan bir xil qiymatdagi xo‘jalik inventarlari, asboblar, dastgohlar va hokazo bir turdagi buyumlar inventarizatsiya ro‘yxatlarida mazkur buyumlar miqdori ko‘rsatilib nomlari bo‘yicha keltiriladi. Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoidaga ko‘ra, o‘zgarmasligi kerak. Obyektlar o‘zlarining texnik-ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra kiritilishi kerak bo‘lgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek, noto‘g‘ri raqam qo‘yilganligi aniqlangan hollarda raqamlar o‘zgartirilishi mumkin. Inventarizatsiya paytida xo‘jalik yurituvchi subyektdan tashqarida bo‘lgan asosiy vositalar obyektlari (uzoq reyslarda bo‘lgan dengiz va daryo kemalari, temir yo‘l harakatdagi tarkibi, avtomashinalar, kapital ta’mirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va hokazo) doimiy ishlaydigan yoki ishchi komissiya tomonidan ular xo‘jalikdan vaqtincha chiqib ketishi paytiga qadar inventarizatsiya qilinishi kerak. Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarizatsiya ro‘yxatiga kiritilmaydi. Bunday obyektlarga inventarizatsiya komissiyasi alohida ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (buzilishi, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumo‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘ziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan va mas’ul saqlashda bo‘lgan asosiy vositalar ham tekshiriladi. Asosiy vositalarni inventarizatsiyasini o‘tkazayotganda komissiya majburiy tartibda obyektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarizatsiya ro‘yxatlariga ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini qayd etadi.
MAVZUGA OID NAZORAT SAVOLLARI

  1. Logistika fani va uning mohiyati haqida ayting.

  2. Inventarizatsiya so’zining ma’nosi va u haqida ma’lumot bering.

  3. Logistikada inventarizatsiyani boshqarishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Logistikada inventarizatsiyani boshqarishning muhim qismlari haqida aytib o’ting.

  5. Logistikada inventarizatsiyani boshqarishning asosiy qadamlarini sanab o’ting.

  6. Inventarizatsiya jarayonini qanday amalga oshiriladi?

  7. Transport so’zining ma’nosini ayting.

  8. Transport logistikasi predmeti deganda nimani tushunasiz?

  9. Transport logistikasining vazifalari nimalardan iborat?

  10. Transport faoliyatining logistik jihatlari nimalardan iborat?

  11. Transport logistikasi qaysi sohalarni qamrab olgan?

  12. Inventarizatsiyaning umumiy qoidalarini aytib o’ting.

  13. RFID nima va uni tushuntirib bering.

  14. Alohida turdagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish qoidalari nimalardan iborat?

  15. Inventarizatsiya jarayonidagi xato va kamchiliklar nimalardan iborat?

XULOSA
Logistika deganda iste'molchi yoki tashkilot talablarini qondirish uchun kelib chiqish nuqtasi va iste'mol nuqtasi o'rtasidagi tovarlar, xizmatlar va ma'lumotlar oqimini boshqarish tushiniladi. Logistika xomashyo yetkazib beruvchilardan ishlab chiqaruvchilarga, so'ngra yakuniy mijozga tovarlar, xizmatlar va ma'lumotlarni muvofiqlashtirish va integratsiyalashuvini nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Logistika transportini tashkil etish bo'yicha xarajatlar va vaqtni minimallashtirish uchun yo'nalishlar va jadvallarni optimallashtirish muhimligini, samarali rejalashtirish va kuzatish uchun texnologiya va ma'lumotlarni tahlil qilishdan foydalanishning ahamiyatini, shuningdek, ta'minot zanjiridagi turli manfaatdor tomonlar o'rtasida hamkorlik va aloqa zarurligini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, logistika operatsiyalarida risklarni boshqarish, barqarorlik va qoidalarga rioya qilish muhimligini ko’rishimiz mumkin. O'zgaruvchan bozor talablari va tashkiliy maqsadlarni amalga oshirish uchun logistika strategiyalarini doimiy ravishda baholash va kuzatish muhim ahamiyatga ega.


Logistika korxonalar uchun o'z faoliyatini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish, mijozlar ehtiyojini yaxshilash va bozorda raqobatdosh ustunlikka ega bo'lish uchun juda muhimdir.
Logistikada inventarizatsiya jarayoni ham muhim rol o’ynaydi. Inventarizatsiyani o'tkazishda bir nechta asosiy fikrlarni yodda tutish kerak:
Birinchi bo’lib aniqlilik zaxiralar darajasi va moliyaviy yozuvlardagi nomuvofiqlikni oldini olish uchun inventarlarni hisoblash imkon qadar aniq bo'lishini kuzatish kerak. Shuningdek, inventarizatsiyani hisoblash jarayonini puxtalik bilan rejalashtirish, jumladan, mas'uliyatni belgilash, aniq jadval yaratish va sanab o'tiladigan joylar yoki narsalarni aniqlash va analiz qilish ham lozim. Inventarizatsiya texnologiyasida ham hisoblash jarayonini soddalashtirish va mexanizatsiyalashgan jarayonni minimallashtirish uchun inventarizatsiyani boshqarish dasturi yoki shtrix-kod skanerlash tizimlaridan foydalanish darkor ekan.
Inventarizatsiyani hisoblashda ishtirok etgan jamoa a'zolari, shuningdek, jarayonni operatsion zaruriyatlarni moslashtirish uchun boshqa tegishli bo'limlar o'rtasida munosabatni tashkil etish kerak bo’larkan. Korxonalar inventarizatsiyani samarali o'tkazishi, to'g'ri yozuvlarni yuritilishi va inventarizatsiyani boshqarish bo'yicha asosli qarorlar qabul qilishi kerak.
Logistikada transportlar yetkazib berish jarayonini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish, buyurtmalarni kuzatish va yo'l bilan bog’liq ma'lumotlarni to'plab qolish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bizneslarga samarali va moslashtirilgan transport xizmatlarini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
Logistika transportlari xizmat ko‘rsatish tizimi salohiyatidan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq qilinib, ularning raqobat salohiyatini oshirishning metodologik tamoyillari aniqlandi, ularda raqobat salohiyatining shakllanishi va jamlanma iqtisodiy salohiyatga ta’siri mexanizmi ochib berildi. Shu bilan birga mamlakat logistika transport tizimida avtomobil transportining o‘rni, transport xizmatlari ko‘rsatish salohiyatining zamonaviy rivojlanish holati o‘rganildi, unga iqtisodiy baho berildi. Xususan, logistika transport salohiyatini asosi sifatida resurslardan foydalanish darajasi tahlil etilib, qo‘shimcha o‘sish sur’atiga asosan ekstensiv o‘sish omili kuchliroq ta’sir etganligi qayd etildi.
Xulosani shakllantirish orqali logistika transporti xizmatlari samaradorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish uni rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin:
Logistika transporti tizimiga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish orqali mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy logistika transport markazlarini barpo etish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni jadal sur’atlarda davom ettirish ko‘zlangan natijaga erishishni ta’minlaydi. Ko‘maklashuvchi logistika markazlari tashkil etishni o‘z ichiga oluvchi transport infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak. Shuningdek, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish, mamlakatning transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining logistika xizmatlari xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlarni amalga oshirish ham uning rivojlanishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. 833-сон 02.11.1999. Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish

https://lex.uz/ru/docs/-812952

  1. Qudbiyev, N. T., Qudbiyeva, G. A. Q., & Abduraximov, B. U. O. (2022). Logistikada raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning dolzarbligi. Scientific progress, 3(1), 133-142.

  2. Лебединский, А. К., & Мирсагдиев, О. А. (2012). Модели обслуживания вызовов в сетях оперативно-технологической и общетехнологической связи РЖД. Бюллетень результатов научных исследований

  3. "Inventory Management and Analysis" - Geoff Relph

  4. https://motherhouse.ru/uz/disputes-with-neighbors/avtomatizaciya-logistiki-upravlenie-avtotransportom/



Download 1,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alohida turdagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish qoidalari

Download 1,15 Mb.