|
O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|
bet | 10/14 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 93,83 Kb. | | #149405 |
Bog'liq PED amaliy ish no4Anglanmagan avtomatizmlar deb, odatda, ongsiz ravishda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan harakatlar yoki aktlarga aytiladi. Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiradigan jarayonlar ikkilangan tabiatga ega. Ba’zi jarayonlar hech qachon anglanmagan bo‘lib, boshqalari esa avval anglangan, so‘ngra esa ongda yozilib qolmaydigan holatga o‘tgan. Birlamchi jarayonlar birlamchi avtomatizmlar guruhini tashkil etadi yoki ba’zida ular avtomatik harakatlar deb ataladi. Ushbu guruhga tug‘ma yoki bola hayotining dastlabki yilida shakllangan harakatlar kiradi. Ularga: so‘rish harakatlari, ko‘zlar pirpirashi va konvergensiyasi, jismlarni ushlab olish, qadam tashlash va boshqalar kiradi.
Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiruvchi hodisalarning ikkinchi guruhi avtomatlashtirilgan harakatlar yoki ko‘nikmalar deb ataladi. Harakatlarning bu guruhiga avvaldan anglangan holatda bo‘lib, keyinchalik esa behisob takrorlashlar va ular bajarilishining takomillashishi natijasida ong ishtirokini talab etmay qo‘ygan, avtomatik ravishda bajariladigan harakatlar kiradi. Ko‘nikmalarning shakllanish jarayoni bizning barcha malaka, bilim va qobiliyatlarimizning rivojlanishi asosida yotganligidan har bir individ uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan, fortepianoda chalishni o‘rganish. Barchasi oddiy harakatlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi. Avvalo to‘g‘ri o‘tirishni, musiqa asbobida qo‘llar, barmoqlarning to‘g‘ri holatini saqlashni o‘rganish zarur. So‘ngra har bir barmoq zarbasi, qo‘llarning harakatlari ishlab chiqiladi, sayqallanadi. Xuddi mana shu oddiy asosda fortepianoda kuy chalish texnikasi elementlari yaratiladi: yosh pianinochi kuy «olib borishni», akkordlar, stakkato va legato chalishni o‘rganishi zarur… SHunday qilib, oddiy harakatlardan murakkablariga tomon siljish yo‘li bilan harakatlarning anglanmagan darajalaridan o‘zlashtirilgan darajalariga o‘tkazish hisobiga inson cholg‘uchilik mahoratini egallaydi.
Harakatlarni ongli nazoratdan ozod qilish haqida gapirilganda umumiy holatdagi ozodlik haqida o‘ylash kerak emas, ya’ni, odam nima qilayotganini anglaydi, faoliyat ustidan nazorat saqlanib qoladi. Gap shundaki, ong maydoni (maydon – bu vaqtning ma’lum lahzasida anglanadigan ma’lumotlar sohasi) bir jinsli emas. Ong fokusi, ong osti, shuningdek, ortidan ongsizlik sohasi boshlanadigan chegarasini ham ajratish mumkin. Biror faoliyatni bajarishda uning eng murakkab bo‘lgan va doimiy nazoratni talab etuvchi harakatlari ongimiz diqqat markazida bo‘ladi. Ishlab chiqilgan yoki oddiy harakatlar ongimizning chetki sohalariga surib chiqariladi, o‘zlashtirilgan yoki egallangan harakatlar esa ongimiz chegarasidan ongsizlik sohasiga o‘tib ketadi. SHunday qilib, inson faoliyatining ong tomonidan nazorat qilinishi butunlay saqlanib qoladi.
Ong va faoliyatning ayrim tashkil etuvchilarining nisbati barqaror bo‘lmaganligi sababli muntazam emas. Bu holat ongimizning diqqat markazida joylashgan harakatlar muntazam ravishda o‘zgarib turgani uchun sodir bo‘ladi. Inson tomonidan bajariladigan ba’zi harakatlar ko‘nikmalar darajasiga ko‘tarilganida ongning chetki, so‘ngra esa ongsizlik sohalarigacha surib chiqariladi, lekin inson ko‘plab xatoliklar sodir eta boshlasa, masalan, inson o‘zini horg‘in va behol his etganida, qaytadan o‘zining oddiy harakatlarini nazorat qila boshlaydi. SHu kabi hodisani biror faoliyatni bajarishda uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng kuzatish mumkin.
Avtomatizmlar muammosini ko‘rib chiqishda quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin: tana harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan inson faoliyati va psixik hayotning boshqa sohalarida ham avtomatizmlar mavjudmi? Ha, mavjud, va ularning ko‘pchiligi bilan siz yaxshi tanishsiz. Masalan, istalgan matn ustidan ko‘z yugirtirgan holda ayrim harflarning ma’nosini anglamasakda, matn mazmunini darhol idrok etamiz. Bu idrok avtomatizmlari. Avtomatik jarayonlar zehn sohasida ham mavjud, masalan, algebra, matematikaga doir misol va masalalarni echish.
Endi esa ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlarining ikkinchi sinfini –
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|