aniqlagan yoki yo‘naltirib bergan




Download 93,83 Kb.
bet12/14
Sana31.01.2024
Hajmi93,83 Kb.
#149405
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
PED amaliy ish no4

aniqlagan yoki yo‘naltirib bergan: sinaluvchilar, odatda, chap qo‘llaridagi pufak kichikroq deb baholaydilar. To‘g‘ri, ba’zan maylli sinovlardagi kabi, ya’ni, chap qo‘ldagi pufak kattaroq degan javoblar ham bo‘ldi. Birinchi xildagi xatoliklar maylning kontrast illyuziyalariikkinchi xildagilari – maylning assimilyativ illyuziyalari deb ataldi.
D.N.Uznadze va uning hamkasblari har bir turga tegishli bo‘lgan illyuziyalarning yuzaga kelishini to‘liq o‘rganib chiqdilar. Ushbu vaziyatda maylning haqiqatdan ham anglanmaganligi muhim bo‘lib hisoblanadi, buning tasdig‘i sifatida pufaklar hajmini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan birini keltirish mumkin. Bu tajriba gipnoz yordamida o‘tkaziladi. Tajribadan avval sinaluvchi gipnoz holatiga tushiriladi va shu holatda unga birinchi o‘n beshta topshiriqni bajarish taklif etiladi. So‘ngra unga bajargan topshiriqlarni yodidan chiqarib yuborishi zarurligi uqtirildi. Gipnoz holatidan chiqqandan so‘ng sinaluvchi nima qilganini eslay olmasada, unga tetik holatida pufaklar hajmini baholash taklif etilganida, hajmlari bir xilda bo‘lsa ham, pufaklarning hajmi har xil deya uqtirib, xatolikka yo‘l qo‘ydi.
SHunday qilib, anglanmaydigan mayllar haqiqatdan mavjud bo‘lib, anglangan harakatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Endi e’tiborimizni anglanmaydigan mexanizmlarning uchinchi sinfi – ongli harakatlarning anglanmaydigan jarayonlariga qaratamiz. Harakatning anglanmagan jarayonlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, siz musiqa eshitayotgan tinglovchining kuyga mos ravishda oyog‘ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata turib, jag‘ini harakatlantirayotganini kuzatgansiz; qo‘lini kesib olgan kimsani kuzatayotgan odamning yuzida o‘ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda namoyon bo‘ladi. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Bu hodisalarning barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir. Bundan kelib chiqadiki, ongli xarakatlarning anglanmagan jarayonlariga beixtiyoriy harakatlar, quvvat zo‘riqishlari, mimika va pantomimika, shuningdek, inson holati va harakatlarini kuzatuvchi vegetativ harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin.
Bunday jarayonlarning ko‘pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy qismlar fiziologiyani o‘rganishning asosiy ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ularning barchasi psixologiya uchun o‘ta muhimdir. Birinchidan, bu anglanmagan jarayonlar odamlar o‘rtasidagi muloqotning qo‘shimcha vositalari sifatida o‘rganilishi mumkin. Ba’zi holatlarda bunday vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini bag‘ishlabgina qolmay, nutqning o‘zini ham o‘zgartiradi. Ikkinchidan, ular inson turli psixologik xususiyatlarining ob’ektiv ko‘rsatkichlari sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning ”Umumiy psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko‘rinishni keltirish mumkin. 1920 yilda A.R. Luriya tomonidan zamonaviy «yolg‘onchilik detektorlari»ni qo‘llashda namoyon bo‘ladigan hodisalarga o‘xshash noyob hodisalar o‘rganiladigan tajribalar o‘tkazilgan. Buning uchun u K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash uchun qo‘llagan assotsiatsiya tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so‘zlar ro‘yxati taklif etilib, ularning har biriga miyasiga kelgan birinchi so‘z bilan javob berishi kerak edi. A.R. Luriya ushbu metodikaga o‘zgartirish kiritdi, u sinaluvchiga javob so‘zni aytish bilan birga o‘ta sezgir o‘tkazuvchi – nog‘orachaning pnevmatik membranani bosib qo‘yishni taklif etdi. Natijada so‘z bilan aytilgan javob motorli qo‘l ta’siri bilan uyg‘unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so‘zning o‘zini emas, balki uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga olish imkonini berdi . Bu tajriba odamning tashqi harakatlarni (so‘zlar, harakatlar) oson, muskullar harakatini (qomatni tutish, mimika, yuz ifodalar) qiyinroq nazorat qilishini ko‘rsatdi. Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha bo‘lgan rag‘bat sifatida tadqiqotchi tomonidan talaffuz etilgan so‘zlarga nisbatan betaraf tashqi ta’sirning saqlanib qolishida turlicha motorli ta’sirlar qayd etildi. Bunday metodikani A.R. Luriya uyg‘unlashtirilgan
Download 93,83 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 93,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



aniqlagan yoki yo‘naltirib bergan

Download 93,83 Kb.