• ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari
  • O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 93,83 Kb.
    bet13/14
    Sana31.01.2024
    Hajmi93,83 Kb.
    #149405
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    PED amaliy ish no4

     motorli metodika deb atadi. Uning validligi va ishonchli ekanligi jinoyat sodir etishda ayblanayotganlar tomonidan ham samarali tasdiqlandi.
    Zamonaviy texnika shu kabi tajribalarni ong tomonidan nazoratga bo‘ysunmaydigan ob’ektiv indikatorlarni hisobga olgan holda yuksak darajada o‘tkazish imkonini beradi. Bunday indikatorlar sirasiga tomir urishi, nafas olish tezligi, arterial qon bosim, miyaning elektr faolligi, ko‘zning mikroharakatlari, qorachiqning ta’sirlanishi va boshqalar kiradi. SHunday qilib, kamroq anglanadigan ta’sirlardan muloqot va axborot o‘tkazishda, shuningdek, odamni o‘rganishda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishda foydalanish mumkin.
    Anglanmagan jarayonlarning keyingi sinfi – ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilarini ko‘rib chiqamiz. Bu sinfga taalluqli bo‘lgan jarayonlarning tadqiqotlari, avvalambor, XX asrning mashhur ruhshunoslaridan biri Zigmund Freyd nomi bilan bog‘liq.
    Freyd Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirgandan so‘ng bir muncha vaqt parijlik psixiatr J. SHarko klinikasida faoliyat yuritdi, keyinchalik Venaga qaytib, amaliyotchi vrach sifatida ishlay boshladi. Nevrozlarni davolash bo‘yicha mutaxassis sifatida Freyd shaxsning nazariy muammolari bilan shug‘ullandi, natijada ruhiy kasalliklarni davolashning o‘ziga xos uslubini ishlab chiqdi va uni psixoanaliz deb atadi. Psixoanalizning keng doiralarda ommalashganiga qaramay, mutaxassislar hanuzgacha unga nisbatan turlicha munosabat bildiradilar. Buni Freydning o‘zi o‘ta ziddiyali odam bo‘lganligi bilan tushuntirish mumkin. Bir tomondan, u faktlarga nisbatan juda e’tiborli bo‘lgan, Freydni faktlarning bilimdoni deyish mumkin. U faktlar bilan juda oqilona va puxtalik bilan ish yuritadi, qiziqarli tarzda umumlashtiradi, ilg‘or nazariy qoidalarni ilgari suradi va ularni faktlar yordamida qayta isbotlaydi. Ikkinchi tomondan, Freyd matnlarida ko‘pgina asoslanmagan nazariy qoidalar keltiriladi. Freyd bilan yaqindan tanish bo‘lganlarning fikriga ko‘ra, uning faktlarga nisbatan bunday munosabatini o‘rganilgan muammolarning shaxsan uning o‘ziga xosligi bilan tushuntirish mumkin. SHu bilan birga, Freyd inson ba’zi harakatlari va ruhiy hodisalarning anglanmagan sabablarini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shdi.
    Anglanmagan jarayonlarni chuqur o‘rganishga gipnozdagi bemor ayolga o‘ziga kelgandan so‘ng joyidan turib, qatnashchilardan biriga tegishli bo‘lgan soyabonni olishi kerakligiga ishontirilgan gipnoz seanslaridan birida ishtirok etganligi Freyd uchun turtki bo‘ldi. Bunda ayolga uyg‘onishidan avval bunday ishontirish o‘tkazilgani haqida yodidan chiqarishi kerakligi uqtirildi. Gipnozdan uyg‘ongan ayol o‘rnidan turib, soyabonni oldi va uni ochdi. Uning nega bunday qilganligi so‘ralganida, soyabonning ishlashini tekshirib ko‘rganligini aytdi. Ayolga soyabonning uniki emasligini eslatganlarida, u uyalib qoldi. Bu tajriba Freydning diqqatini o‘ziga tortdi va unda juda kuchli taassurot qoldirdi. Unda qator noyob hodisalar: birinchidan, amalga oshiriladigan harakatlar sabablarining anglanmaganligi; ikkinchidan, bu sabablarning ta’sirchanligi: odam topshiriqni nima uchun bajarayotganligini bilmasdan turib, vazifani bajaradi; uchinchidan, o‘z harakatini tushuntirib beruvchi dalil izlab topish va, nihoyat, ba’zan davomli so‘rovlar usuli yordamida odamni harakatlarining asl sababi haqidagi xotiralarga yo‘naltirish imkoniyati qiziqish uyg‘otdi. Bu tasodifga binoan va qator boshqa faktlarga tayangan holda Z. Freyd o‘zining 
    Download 93,83 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 93,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 93,83 Kb.