• mayl
  • O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 93,83 Kb.
    bet11/14
    Sana31.01.2024
    Hajmi93,83 Kb.
    #149405
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    PED amaliy ish no4

      Bu sahifa navigatsiya:
    • mayl
    anglanmaydigan mayl hodisalarini ko‘rib chiqamiz. «Mayl» tushunchasi psixologiyada juda muhim o‘rinni egallaydi, chunki uning ortida turgan hodisalar inson psixologik hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. Umumjahon psixologiyasida mayl muammosi juda keng jabhalarda ishlab chiqilgan yaxlit bir yo‘nalish mavjud edi. Ushbu yo‘nalish ko‘p yillar mobaynida o‘quvchilari bilan tadqiqotlar olib borgan gruzin ruhshunoslar maktabining asoschisi D.N. Uznadze (1886-1950) tomonidan yaratilgan edi.
    D.N. Uznadze fikricha, mayl – bu organizm yoki sub’ektning ma’lum harakatni bajarishga yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga tayyorlik holati. Ushbu ta’rifda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatga tayyorlik holatiga alohida urg‘u beriladi. Odamning biror seskantiruvchiga javoban harakat tezligi va aniqligi ma’lum harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmasiga bog‘liq, deb taxmin qilish mumkin, shuning uchun ko‘nikma va mayl bir xil ma’noni anglatadi. Lekin «ko‘nikma» va «mayl» tushunchalari umuman bir-biriga o‘xshash emasligini ta’kidlab o‘tish zarur. Agar ko‘nikma harakatni amalga oshirish davriga tegishli bo‘lsa, mayl bungacha bo‘lgan davrga tegishlidir.
    Maylning bir necha turlari mavjud: yugurishga tayyor turgan sportchining holati – bu motorli mayl. Agar siz qorong‘i xonada qo‘rquv bilan biror tahdid bo‘lishini kutib o‘tirsangiz, ba’zi holatlarda haqiqatdan ham qadam tovushlarini yoki shubhali shovqinlarni eshita boshlaysiz. Bu perseptiv mayl.
    Sizga trigonometrik ramzlar bilan ifodalangan misol berilganida garchi ba’zan misolni oddiy usul bilan echish mumkin bo‘lsada, sizda uni trigonometrik ifodalar bilan echish mayli paydo bo‘ladi. Bu aqliy maylga misol bo‘la oladi.
    Mayl bajariladigan vazifasiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum harakatni bajarishga tayyorlangan sub’ekt uni tez va aniq, ya’ni, yanada samaraliroq bajarish imkoniyatini beradi.
    Lekin ba’zida mayl mexanizmlari insonni yanglishtirishi mumkin. Bunga qadimgi xitoy adabiyotidan misol keltirish mumkin: «Bir odamning boltasi yo‘qoldi. U qo‘shnining o‘g‘lidan gumonsirab, uni kuzata boshladi: qarashlari ham, gap-so‘zlari ham bolta o‘g‘risiga o‘xshaydi. Qisqasi, har bir harakati o‘g‘riligiga ishorat edi.
    Lekin ko‘p o‘tmay o‘sha odam vodiyda er haydab, o‘zining boltasini topib oladi. Ertasiga qo‘shnining o‘g‘liga razm solsaki: na imo ishorasi va na harakati bilan o‘g‘riga o‘xshamas ekan».
    Aynan yanglish harakatlar, idrok qilish yoki baholashlarda o‘z ifodasini topgan «mayl xatoliklari» hammadan avvalroq ruhshunoslarning diqqatini o‘ziga qaratdi.
    Mayllarning barchasi ham anglanmasligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ongli ravishda dahshatli voqea sodir bo‘lishini kutib – haqiqatdan ham uni ko‘rish mumkin, ongli ravishda odamni bolta o‘g‘rilashda gumonsirab – haqiqatda ham uni «bolta o‘g‘risi sifatida» ko‘rish mumkin.
    Lekin aynan anglanmagan maylning ifodalanishi katta qiziqish uyg‘otadi. D.N. Uznadze maktabidagi amaliy va nazariy tadqiqotlar aynan shundan boshlangan. D.N. Uznadze konsepsiyasining asosiy nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan tajribalar quyidagi tarzda o‘tkazilgan edi. Sinaluvchi qo‘liga berilgan turli hajmdagi ikkita pufakdan qaysi biri kattaroq ekanligini baholab berishi so‘raladi. Kattarog‘i chap qo‘lga, kichikrog‘i – o‘ng qo‘lga beriladi deb faraz qilamiz. Sinaluvchi pufaklar hajmini to‘g‘ri aniqlab bergach, tajriba yana takrorlanadi: chap qo‘lga katta pufak, o‘ngiga – kichik pufak beriladi, va sinaluvchi hajmlarni yana to‘g‘ri baholaydi. Sinov shu tariqa o‘n besh marta takrorlanadi. Nihoyat, navbatdagi, o‘n oltinchi sinovda sinaluvchi uchun kutilmagan holatda bir xil pufaklar berilib, hajmlarini taqqoslash so‘raladi. Mana shu oxirgi, nazorat sinovida sinaluvchi pufaklarni baholashda xatolikka yo‘l qo‘yishi ma’lum bo‘ladi: u pufaklarni yana avvalgidek hajm bo‘yicha turlicha idrok qiladi. CHap qo‘lga kattaroq pufak berilishining saqlanib qolgan mayli perseptiv jarayonni 
    Download 93,83 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 93,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 93,83 Kb.