|
Kompyuterga Arduino IDEni о‘rnatish
|
bet | 5/5 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #254437 |
Bog'liq Arduino mikrokontroller oilasi Kompyuterga Arduino IDEni о‘rnatish
Arduino arxitekturasiga mos tushuvchi platalar asosida ilovalarni yaratish rasmiy bepul ArduinoIDE dasturlash muhitida amalga oshiriladi. Muxit Arduino ga mos tushuvchi plataga о‘rnatilgan qurilma mikrokontrolleri xotirasiga kompilyatsiyalash va loyihalashtiruvchining dasturlarini yozish uchun mо‘ljallangan.
Loyihalashtirish muxit asosi Processing/ Wiring tili bо‘lib – u oddiy C++, faqat kontaktlarga kiritish-chikarishni boshqarish uchun sodda va tushunarli funksiyalar
bilan tо‘ldirilgan.Windows, MacOS i Linux operatsion tizimlar uchun ham muxitning versiyalari mavjud.
Arduinomuhitining oxirgi versiyalarini http://arduino.cc /en/Main/Software
rasmiy sayt saxifalaridan yozib olish mumkin.Windows operatsion tizimli kompyuterga ArduinoIDE о‘rnatishni kо‘rib chiqamiz.http://arduino.cc/en/Main/Softwaresaxifaga murojaat qilamiz, Windows operatsion tizim versiyasi uchun tanlaymiz va arxiv faylini kо‘chirib olamiz. U barcha zarur ma’lumotlarga ega va shu jumladan drayverga ham. Mavjud. Yuklash tugagach о‘zimizga qulay joyga yozib olingan faylni ochib yozib olamiz. Endi drayverni о‘rnatish kerak. Sо‘ng Arduino ni kompyuterga ulanadi. Kontrollerda manba indikatori yonishi kerak – kо‘k yorug‘lik diodi.Windows drayverni о‘rnatishga harakat qiladi, u «Programmnoye obespecheniye drayvera ne bilo ustanovleno» (Drayverni dasturiy ta’minoti о‘rnatilmadi) xabari bilan tugallanadi. Qurilmalar Dispedcherini ochamiz. Qurilmalar tarkibidan ArduinoUno belgisini topamiz – qurilma undov belgisi bilan belgilangan. ArduinoUno belgisiga tо‘g‘rilab sichqonchaning о‘ng tugmasini bosiladi va ochilgan darchada drayverlarni yangilash (Obnovit drayveri) punktini tanlanadi sо‘ng bu kompyuterda drayverlarni qidirishni bajarish (Vipolnit poisk drayverov) punktini tanlanadi.Drayverga yо‘lni kо‘rsatamiz – kompyuterdagi arxivni kо‘chirib yozilgan papkaning joyini. Bu Arduino ni о‘rnatish katalog papkasi drivers bо‘lsin – masalan, C:\arduino- 1.0\drivers. Windows ning barcha ogoxlantirishlarini inobatga olmaymiz va natijada ushbu qurilmaga dasturiy ta’minoti yangilanishi muvvafaqiyatli tugatildi (Obnovleniye programmnogo obespecheniya dlya dannogo ustroystva zaversheno uspeshno) xabari olinadi. Darcha sarlovxasida qurilma о‘rnatilgan SOM-portham kо‘rsatiladi. Endi ArduinoIDE ni ishga tushirish mumkin.
Arduino ni loyihalashtirish muhiti (20.21-chizma) quyidagilardan tashkil topgan:
dasturiy kod muharriridan;
xabarlar xududidan;
matnni chiqarish darchasidan;
kо‘p ishlatiladigan buyuruqlarning tugmali asboblar panelidan;
bir necha menyudan.
21-chizma. ArduinoIDE muhiti
Arduino muhitida yozilgan dastur sketch deb ataladi. Sketch ma’tn muharririda yoziladi, u yaratilayotgan dastur kodini yoritib turuvchi rangli yoritgichga ega.
Loyihani saqlash va eksport qilish vaqtida xabarlar xududida tushuntirish va
xatoliklar haqida axborot paydo bо‘ladi. Matnni chiqarish darchasi Arduino xabarini kо‘rsatadi, u xatoliklar haqida tо‘liq hisobotni va boshqa axborotlarni о‘z ichiga oladi. Asboblar panelining tugmalari dasturni yozish, yaratish, ochish va sketchni saqlash, ketma-ket shinani monitoringini va nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Yaratilayotgan sketchga qо‘shimcha vazifalarni kutubxona yordamida
qо‘shish mumkin, u maxsus jihozlangan dasturiy kod kab bо‘lib qandaydir vazifani bajaradi va yaratilayotgan loyihaga qо‘shish mumkin bо‘ladi.
Maxsuslashtirilgan kutubxonalarning kо‘pi mavjud. Odatda kutubxonalarni yozishda u yoki bu masalani yechishni osonlashtirish va loyihalashtiruvchidan apparat-dasturiy joriy etilishining detallari yashirilgan bо‘ladi.ArduinoIDEmuhiti standart kutubxonalar tо‘plami bilan foydalanuvchiga yetkaziladi. Ular Arduino ni о‘rnatish katalogining libraries katalog ostisida joylashgan bо‘ladi. Zarur bо‘lgan kutubxonalar shuningdek turli resurslardan yuklanishi mumkin. Agarda kutubxona tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, u holda u kutubxonalarni Eskiz | Import (Eskiz | Import bibliotek) menyusida paydo bо‘ladi. Menyudan kutubxonalarni tanlash qatordagi dastlabki kodga qо‘shimcha kiritishga olib keladi tinclude
Bu derektiva obyektni bayoni bо‘lgan sarlovxa faylini ulaydi, endi
kutubxonaning vazifasi va konstantalarini loyihada ishlatish mumkin bо‘ladi. Arduinomuhiti yaratilayotgan loyihani (dasturni) kо‘rsatilgan kutubxona bilan birgalikda kompilyatsiyalaydi.
Sketchni yuklashdan oldin menyuga zarur kо‘rsatgichlarni berish talab
etiladiAsboblar | Plata (Tools | Board) (3-chizma) va Asboblar | Ketma-ket port (Instrumenti | Plata (Tools | Board) (3-chizma) i Instrumenti | Posledovatelniy port) (20-chizma).
Arduino ning zamonaviy platformalari yuklanishdan oldin avtomatik ravishda qayta yuklanadilar. Eski platformalarda qayta yuklash tugmasini bosish kerak bо‘ladi. Kо‘pchilik platalarda yuklash jarayonida RX va TX yorug‘lik diodlari о‘chib-yonib turadi.
Sketchni yuklashda Arduino ni (bootloader) yuklovchisi ishlatiladi –
platadagi mikrokontrollerga yuklanuvchi katta bо‘lmagan dastur. U qо‘shimcha apparat vositalardan foydalanmasdan dastur kodini yuklashga imkon beradi. Yuklovchining ishini D13 chiqishidagi yorug‘lik diodini о‘chib-yonishidan bilib olish mumkin.
Ketma-ket portni monitor qilish (SerialMonitor) Arduino platformasiga jо‘natilayotgan axborotlarni aks ettiradi (USB platasini yoki ketma-ket shina platasini).
22-chizma.Arduino platani tanlash.
Endi, biz Arduino va dasturlash muhiti bо‘lgan ArduinoIDE haqida bir oz bilim olganimiz tufayli amaliy ishlarga о‘tish – eksperimetlar о‘tqazishimiz mumkin bо‘ladi.
23-chizma.Arduino platasini ulash portini tanlash
Nazorat uchun savollar
Arduino mikrokontrolleri qanday mikroprotsessor asosida loyixalashtirilgan?
Arduino mikrokontrollerining qanday variantlari mavjut?
Arduino mikrokontroller tо‘plami qanday elementlardan tashkil topgan?
Dasturlash muhiti bо‘lgan ArduinoIDE haqida malumot bering?
Arduino mikrokontroller variantlarining texnik kо‘rsatgichlari qanday?
|
| |