|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalarivazirligi muhammad al-xorazmiy
|
bet | 4/5 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #254437 |
Bog'liq Arduino mikrokontroller oilasiEthernet Shield (10-chizma) – Internetga ulanishni ta’minlaydi;
10-chizma.Ethernet Shield
XBee Shield (11-chizma) – Maxstream XBee Zigbee moduli yordamida bir necha Arduino qurilmalarini simsiz aloqa bilan ta’minlaydi;
11-chizma. XBee Shield
MicroSD Shield (12-chizma) – microSD kartasiga axborotlarni yozishni ta’minlab beradi;
MP3 Shield (13-chizma) – Ogg Vorbis/MP3/AAC/WMA/MIDI formatlarda tovushni xosil qilish va Ogg Vorbis formatda yozish uchun plata.
12-chizma. MicroSD Shield
13-chizma. MP3 Shield
Motor Shield (14-chizma) – о‘zgarmas tok dvigatellarini boshqarishni ta’minlaydi;
GSM/GPRS Shield (15-chizma) – SMS - xabarlarni jо‘natish,
qо‘ng‘iroqlar qilish, GPRS orqali axborotlar almashishga imkon beradi;
14-chizma. Motor Shield
15-chizma. GSM/GPRS Shield
Cosmo WiFi Connect (16-chizma) – IEEE802.11b/g standartli simsiz aloqani tashkil etish uchun mо‘ljallangan.
16-chizma. Cosmo WiFi Connect
Shuningdek boshqa shildlar xam mavjut: Video Overlay Shield – matinni analog analog videoga qо‘yish uchun; EasyVR Arduino Shield - kо‘p maqsadli nutuqni tanish moduli; Music Shield – mutaxassilar uchun audiokoder va boshqalar. Kengaytirish platalarining (shildlar) soni doimiy kо‘payib bormoqda. Ularning rо‘yxati bilan Arduino loyixasining rasmiy saytida quyidagi manzil bо‘yicha tanishish mumkun.
Arduino kontroller tо‘plamining tarkibi
Arduino – bu elektron konstruktor va elektron qurilmalarni tez yaratishning qulay platformasidir. Bu platforma dunyoda keng tarqalishining sababi dasturlash tilining qulayligi va soddaligi, shuningdek arxitekturasining hamda dasturlash kodlarining ochiqligidir. Arduino platasi AtmelAVR mikrokontrolleridan va dasturlash hamda boshqa sxemalar bilan bog‘lash elementlaridan tashkil topgan. Kо‘p platalarda +5 V yoki +3,3 V kuchlanishni chiziqli stabillashtiriruvchi moslama mavjud. 20.9-jadvalda Arduino tо‘plamidagi asosiy elementlar va sxema yig‘ish platasining tuzilishi keltirilgan. Taktlash kvarsli rezonator yordamida 16 yoki 8 MGs chastotada amalga oshiriladi (ba’zi versiyalarida – keramik rezonator yordamida). Mikrokontrollerga dastlab Boot- Loader yuklovchi yoziladi, shuning uchun tashqi dasturlovchi kerak bо‘lmay qoladi. Qurilma USB orqali tashqi dasturlovchini ishlatmasdan dasturlanadi. Arduino platformasini bir necha versiyalari mavjud. Leonar- do versiyasi ATmega32u4 mikrokontrolleri asosida amalga oshirilgan. Uno, Nano, Duemi- lanove versiyalari esa AtmelATmega328 mikrokontrolleri asosida amalga oshirilgan. Diecimila platformasining eski versiyalari va Duemilanoves birinchi ishchi varianti
AtmelATmegal68 asosida loyixalashtirilgan edi. О‘z navbatida ArduinoMega2560 versiyasi ATmega2560 mikrokontrollerda qurilgan. ArduinoDue sо‘nggi versiyasi Cortex mikroprotsessor asosida amalga oshirilgan.
UNO versiyasi (17-chizma) uncha katta bо‘lmagan loyixalar uchun keng
qо‘llanadigan, kо‘p tarqalgan eng taniqli versiyadir.
17-chizma. ArduinoUNO platasi.
ArduinoUNO platasining kо‘rsatgichlari 10 jadvalda keltirilgan.
10 jadval. ArduinoUNO platasining kо‘rsatgichlari.
Mikrokontroller
|
ATmega328
|
Ishchi kuchlanish
|
5V
|
Manba kuchlanishi (tavsiya etilishi)
|
7-12 V
|
Manba kuchlanishi (chegaraviy)
|
6-20 V
|
Raqamli kirish/chiqishlar
|
14 (ulardan 6
KIMchiqishlari sifatida ishlatilishi mumkin)
|
Uzuluksiz chiqishlar
|
6
|
Bitta chiqishining maksimal toki
|
40 mA
|
Chiqishining maksimal chiqish toki 3.3 V
|
50 mA
|
Flash-xotira
|
32 KB (ATmega328)/ ulardan 0,5 KB yuklovchi tomonidan ishlatiladi
|
SRAM
|
2 KB (ATteda328)
|
EEPROM
|
1 KB (ATteda328)
|
Takt chastotasi
|
16 MGs
|
Mikrosxemaning 14 ta raqamli oyoqchalaridan xar biri kirish yoki chiqish bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Mikrosxemaning oyoqchalarida kuchlanish miqdori 5 V kattalikda cheklangan. Bitta oyoqcha maksimal tok berishi yoki istemaol qilishi 40 mA ni tashkil etadi. Barcha oyoqchalar ichki tortuvchi qarshilik bilan ulangan (sukut bо‘yicha о‘chirilgan) va u ning qiymati 20-50 kOm teng. Undan tashqari Arduinoning bazi oyoqchalari qо‘shimcha vazifani ham bajarishi mumkin:
ArduinoUno da 6 ta analogli kirish (A0-A5) mavjud, ulardan xar biri 10- bitli sonni (1024 ta turli qiymatni) analog kuchlanish kо‘rinishida ifodalashi mumkin.
Sukut saqlash bо‘yicha kuchlanishni о‘lchash 0 dan 5 V oraliqqa nisbatan amalga oshiriladi.
Shunga qaramay bu oraliqning yuqori chegarasini AREF oyoqchasidan va
analog Referenc funksiyasidan foydalanib о‘zgartirish mumkin. Analog kirishlaridan ba’zilari qо‘shimcha vazifalarga ega:
TWI: A4 ili SDA chiqishi va A5 yoki SCL chiqishi.
ArduinoUno da kompyuterning USB-portini qisqa tо‘qnashuv va ortiqcha yuklanishdan saqlovchi tiklovchi himoya vositasi mavjud. Kо‘pchilik kompyuterlar о‘zining himoyasi bо‘lishiga qaramay bunday himoya qо‘shimcha himoya darajasini ta’minlaydi. Agarda USB-portdan 500 mA dan kо‘p tok istemol qilinsa, saqlovchi vosita avtomatik ravishda ulanishni uzib qо‘yadi toki qisqa tutashuv yoki ortiqcha yuklama sababi bartaraf etilmaguncha. 20.18; 20.19 va 20.20-chizmada ArduinoUno konstruksiyasi keltirilgan.
18-chizma.
19-chizma.
20-chizma. ArduinoUno portlarining joylashishi.
Manba razyemi (bataredan) – 9 – 12 Voltli manba bloklari bilan ishlatilishi mumkin.
USB razyemi (USB port) – sxemani manbasi sifatida ishlatish mumkin, shuningdek kompyuter bilan aloqani tashkil qilish uchun ham ishlatish mumkin.
Indikator (RX:Qabul qilish) – Axborotlarni qabul qilishni indikatsiyalashga ishlatiladi, agarda bu dasturda keltirilgan bо‘lsa.
Indikator (TX: Uzatish) - Axborotlarni uzatishni indikatsiyalashga ishlatiladi, agarda bu dasturda keltirilgan bо‘lsa.
Indikator (13 port: nosozliklarni qidirish) – Sketch ishlayotgan vaqtida hammasi tо‘g‘ri ishlayotganligini kо‘rsatadi.
Portlar (ARef, Ground, Digital, Rx, Tx) – tayanch kuchlanish, yer, raqamli portlar, axborotlarni uzatish va qabul qilish portlari.
Indikator (manba indikatori) – Arduino platasiga manba
berilganligini kо‘rsatadi.
Reset (sbros, tashlash, nolga о‘tqazish) - Arduino platasini qaytatdan ishga tushurish, sizning dasturingizni takroran ishga tushirishga olib keladi.
IC SP razyemi (dasturlash porti) – plataning yuklovchisining
ishtirokisiz dasturlash imkoniyatini beradi.
Portlar (Analog In, Power In, Ground, Power Out, Reset) – analogli (uzuluksiz), kiruvchi, chiquvchi, manba, yer.
|
| |