195
-
xavoning namligi 80%dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
4.2. Qiyoslashdan oldin quyidagi tayyorgarchilik ishlarini bajarish kerak:
-
qiyoslash uchun refraktometrik blok tanlab olinadi;
-
binoda bu blok ma’lum bir yonalish bo‘yicha o‘rnatiladi;
-
refraktometrning ostki va ustki prizmalarini etil spirti bilan GOST 18300-72
yuvib tozalab, toza yumshoq oq salfetka bilan artiladi GOST 7359-77;
-
Distillangan suv bilan ishlaganda prizmaning yoritish oynasi ochiq xolda,
o‘lchash prizmasining oynasi esa yopiq xolda bo‘lishi kerak;
-
namunaviy prizma va plastinkalar bilan ishlashda yoritgich prizmalari ochib
qo‘yiladi;
-
namunaviy prizmaning (plastinkaning) tekis qirrasiga bir tomchi immersion
suyuqlik suritiladi. Immersion suyuqlikni shunday tanlab olish kerakki, unda n
1
tengsizlik bajarilishi kerak,
-
bu erda, n - immersion suyuqlikni sindirish ko‘rsatkichi;
n
1
- namunaviy vositaning sindirish ko‘rsatkichi;
N - o‘lchanayotgan prizmaning sindirish ko‘rsatkichi;
Namunaviy prizmani o‘lchash prizmasi ustiga shunday o‘rnatish kerakki, unda immersion
suyuqlikni bir tekis taqsimlanishi kerak.
Namunaviy prizmaning (plastinkaning) sindirish ko‘rsatkichi 5 marta o‘lchanadi. O‘lchangan
sindirish ko‘rsatkichining o‘rtacha arifmetik qiymati namunaviy prizmaning (plastinkaning)
sindirish ko‘rsatkichi bilan solishtiriladi. Agar ularning farqi ±2 ∙10
-4
dan katta bo‘lmasa,
refraktometrning yustirovkasi buzilmagan hisoblanadi.
Xuddi shunday distillangan suv bilan quyidagicha yustirovka qilinadi:
Refraktometr blokiga aylanuvchan termostat ulanadi (suvning temperaturasini ko‘pi bilan
±0,2
o
S xatolik bilan ushlab turish uchun). Ostki va ustki prizmalar oralig‘iga 2-3 tomchi suv
tomizilib 10-15 minut muvozanat xolatigacha ushlab turilgandan keyin 5 marta uning sindirish
ko‘rsatkichi 18-20
o
S temperatura oralig‘ida o‘lchanadi (9.4-jadvalga qarang).
9.4-jadvalga
o
S
18
19
20
21
22
n
D
1,23316
1,33307
1,33299
1,33307
1,33307
Sindirish ko‘rsatkichining o‘rtacha arifmetik qiymatlari jadvaldagi qiymatlar bilan
solishtiriladi.
Olingan farq shkalaning shu nuqtasidagi asosiy xatolik hisoblanadi. Uning qiymati ±2∙10
-4
dan oshmasligi kerak. Agar olingan farq ±2∙10
-4
dan katta bo‘lsa, u xolda refraktometr ishlatish
uchun yaroqsiz hisoblanadi va u ta’mirlash uchun topshiriladi.