• 5.2. Sinab ko‘rish 5.2.1.
  • O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/286
    Sana16.05.2024
    Hajmi5,37 Mb.
    #236914
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   286
    Bog'liq
    katta kitob

    5. Qiyoslashni o‘tkazish
    5.1. Tashqi ko‘rik 
    5.1.1. Refraktometr IRF-454 pasportda ko‘rsatilgan vositalari ko‘rsatib o‘tilgan talabga javob 
    berishi kerak. 
    5.1.2. Refraktometr IRF-454 tashqi ko‘rik bo‘yicha quyidagi o‘rnatilgan talablarga javob 
    berishi kerak: 


    196 
    a) yangi refraktometrlarning metall buyumlarida uchli qirralari bo‘lishi mumkin emas. Bu 
    detallarda o‘tkir uchli joylari bo‘lsa ular o‘tmas xolatga keltirib qo‘yilishi kerak. 
    b) metall buyum detallaridagi ushlagichlar bir tekis va aniq ko‘rinishda bo‘lishi kerak. 
    v) vint va gaykalarning qirralari bo‘lmasligi kerak. 
    g) metall buyum detallarining ustki qismlarida zanglar, metall oqmalari, bo‘yoqlarning 
    oqmalari va refraktometrning tashqi ko‘rinishini buzib turadigan defektlar bo‘lmasligi kerak. 
    d) refraktometrning ustki qismlari bir tekis, yuzasidagi bo‘yoqlari ko‘chmagan, qirilmagan 
    xolatda bo‘lishi kerak. 
    Refraktometrning tashqi yuzasida shtrix-kod, son va belgilar aniq ko‘rinadigan xolatda 
    bo‘lishi kerak. 
    a) refraktometrning korpusida birka mahkamlangan bo‘lib, unda ishlab chiqaruvchi korxona 
    nomi, refraktometrning shifri, indeks modellari va uning nomeri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
    5.2. Sinab ko‘rish 
    5.2.1.
     
    Refraktometrning yig‘ishdagi sifati va ularning alohida qismlarini sinab ko‘rish va 
    ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi, bunda 
    a) Refraktometrning barcha mahkamlangan detallari va qismlari asosiy tayanch bilan zich 
    xolatda bo‘lishi kerak; 
    b) barcha buraladigan va harakatlanadigan qismlari bir tekis va yumshoq xolatda buralishi va 
    harakatlanishi kerak; 
    5.2.2. Refraktometrning optik qismlarini tayyorlanishi va yig‘ishdagi sifati sinab ko‘rish va 
    ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi; bunda 
    a) refraktometrning optik detallarining yuzasida uchgan joylari qo‘pol qirilishlar bo‘lmasligi 
    kerak; 
    b) elim bilan yopishtirilgan detallarni ko‘chirish mumkin emas; 
    v) alyuminiy bilan qoplangan optik qismlarda ko‘chgan va buzilgan joylari bo‘lmasligi kerak.
    5.2.3. Refraktometrning o‘lchash qismlarining sifatini sinab ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish 
    orqali tekshiriladi; bunda 
    a) refraktometrning buraladigan qismlari bir tekis buralishi kerak; 
    b) refraktometrning shkalasi yaxshi yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak; 
    5.2.4. Okulyarning dioptriy chegarasini aniqlash 
    Refraktometr okulyarining dioptriy chegarasini dioptriy trubkasi yordamida quyidagi tarzda 
    aniqlanadi:
     
    - dioptriy trubkasini cheksiz xolatga qo‘yiladi, 
    - dioptriy trubkasini refraktometrning okulyariga o‘rnatiladi; 
    - refraktometrning okulyarini birinchi boshlang‘ich chegaraviy va keyin oxirgi chegaraviy 
    xolatlarga o‘rnatiladi. Dioptriy trubkasini shkalani yaxshi ko‘rinadigan xolatiga qo‘yiladi va 
    dioptriy trubkasining shkalasidan hisob olinadi. Okulyarning dioptriy chegarasi ±5 dioptriydan kam 
    bo‘lmasligi kerak. 
    5.2.5. Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik chegarasining sifatini 
    tekshirish.
    Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik chegarasini joylashishini 
    okulyarga qarab kuzatish orqali tekshiriladi. Bunda refraktometrning ko‘rish maydoni quyidagi 
    talablarga javob berishi kerak: 
    - refraktometrning ko‘rish maydoni toza, dumaloq ko‘rinishda bo‘lib, o‘rtasida chiziq bilan 
    ikki qismga, yorug‘ va qorong‘i qismlarga ajratilgan xolatda bo‘lishi kerak; 


    197 
    - yorug‘ qismi bir tekis yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak; 
    - yorug‘ va qorong‘i qismlarining o‘rtasidagi chegara aniq, bir tekis va ranglarga 
    bo‘yalmagan xolatda bo‘lishi kerak; 
    - refraktometr ko‘rish maydonidagi shtrix chiziq va shkalaning raqamlari, hamda X - 
    ko‘rinishdagi kesishishgan chiziq aniq ko‘rinishi, defektsiz bo‘lishi, hisoblarni olish uchun noqulay 
    xolatda bo‘lmasligi kerak; 
    - hisob olinadigan chiziqlar shkalaning shtrix chiziqlariga parallel va ko‘zga yaxshi 
    ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. 
    5.2.6. Disspersiya kompensatorini tekshirish 
    5.2.6.1. Disspersiya kompensatorini kunduzgi yorug‘lik bilan quyidagi tarzda tekshiriladi: 
    - prizmaga bir tomchi suv tomizib ustki prizmani yopamiz va kunduzgi yorug‘likni oyna 
    orqali tushirib refraktometrik blokdagi yoritiladigan prizmani yoritib berishga erishish kerak. 
    Disspersiya kompensatorini burash orqali yorug‘ va qorong‘i qismlarining chegarasini X - 
    ko‘rinishdagi chiziqlarni kesishishgan nuqtasiga olib kelamiz. Keyin xuddi shunday tarzda ikkinchi 
    xolat uchun n
    D
    ko‘rsatkichni yozib olamiz. SHunga o‘xshash 5 marotaba o‘lchashlar davomida 
    ularning farqini aniqlaymiz. Sindirish ko‘rsatkichining olingan natijalar bo‘yicha farqi ±1∙10
    -4
    dan 
    katta bo‘lmasligi kerak. 
    5.2.6.2. Disspersiya kompensatorini natriyli sariq chiroqda quyidagi tarzda tekshiriladi: 
    - refraktometrni qorong‘i xonaga o‘rnatib natriyli sariq chiroq bilan yoritiladi; 
    - o‘lchash prizmasiga bir tomchi disstillangan suv tomizib kompensatorni bir necha xolatda 
    sindirish ko‘rsatkichi aniqlanadi. Qorong‘i va yorug‘lik chegarasining siljishi shkalaning 0,1 
    bo‘limidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
    5.3. Metrologik parametrlarni aniqlash. 
    5.3.1. Refraktometrning sindirish ko‘rsatkichi bo‘yicha asosiy xatoligini aniqlash: 
    - refraktometrning asosiy xatoligi namunaviy prizma vak plastinkalar orqali amalga oshiriladi. 
    Refraktometrning ustki prizmasi ochiladi. Namunaviy va o‘lchanadigan prizmaning ustki qismlari 
    efir bilan spirtning aralashmasida artiladi. Namunaviy prizmaning (plastinkaning) ustiga bir tomchi 
    immersion suyuqlik tomizilib keyin uni o‘lchash prizmasining ustiga shunday o‘rnatiladiki, 
    immersion suyuqlik prizmaning chetlaridan chiqib ketmagan xolda uning yuzasida bir tekis 
    taqsimlansin. Agar prizmaning bir-biriga tegib turgan yuzalari orasidak 2-3 tadan ortiq polosalar 
    kuzatilsa, unda prizma qaytadan yaxshilab tozalanib o‘rnatiladi. Keyin 5 marotaba sindirish 
    ko‘rsatkichi o‘lchanadi. O‘lchangan qiymatlarni o‘rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi va uni 
    namunaviy prizma (yoki plastinka) ning qiymatlari bilan solishtiriladi. Ularning farqi ± 2,5∙10
    -
    4
    dan oshmasligi kerak. 
    5.3.2. Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha n
    F
    - n
    c
    asosiy xatoligini aniqlash. 
    Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha asosiy xatoligini n
    F
    - n
    c
    disstillangan 
    suv va namunaviy plastinka yordamida aniqlanadi: 
    - sindirish ko‘rsatkichini 1,2 - 1,7 oralig‘ida o‘lchash disstillangan suv va markasi TK-21(TK-
    20) bo‘lgan plastinkalar bo‘yicha aniqlanadi 
    - sindirish ko‘rsatkichining 1,6 - 2,0 oralig‘ida TF - 5 va STF - 58 markali shisha plastinkalar 
    orqali aniqlanadi. 
    Bunda hisoblashlar quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
    n
    F
    - n
    c
    = A + V 

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   286




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish