213
Kirish
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – biotexnolog hodimlarning
nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtlarida kadrlar
tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis -
biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu
o’lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan
bo’lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-noyabrdagi 430-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan
bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni
standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov-
asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan
hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab
chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va
standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.