• Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi
  • Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/286
    Sana16.05.2024
    Hajmi5,37 Mb.
    #236914
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   286
    Bog'liq
    katta kitob

     
    Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va 
    vazifalariga quyidagilar kiradi:
    Talabalar “Metrologiya va standartizasiya” fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara 
    olishi lozim:
     
    - o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish. 
    - o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish. 
    - Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal 
    bilib olish
    - Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish 
    - Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy 
    ma’lumotlarni bilish. 
    - Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash 
    - o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish 
    Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash 
    bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak. 
    Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat 
    standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart. 
    O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik 
    tavsiflari, qo’llanilish soќalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak. 
    Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak. 
    Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun 
    asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni 
    bilishlari kerak. 
    Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va
    uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi 
    Metrologiya fani o’lchashlarning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika 
    kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib 


    214 
    chiqiladi. Metrologiya fani fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli 
    bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni 
    amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika 
    asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.
    Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish 
    uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va 
    vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish 
    imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq 
    qilishni bilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga 
    ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. 
    Shuning uchun “Metrologiya asoslari” fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik 
    xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas 
    qismi hisoblanadi. 

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   286




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish