123
6.11-rasm. “Timsoh” qisqichlari hamisha yordam beradi.
6.12-rasm. Kuchlanishni tushib ketishi.
Displeyda ommetrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan tranzistordagi p-n o‘tishlarda, kuchlanishni
tushib ketishi ko‘rsatiladi. Agar bazaga qizil shchupni o‘rniga qorani ulansa unda o‘tuvchilar
teskari yo‘nalishga siljiydi, yopiladi, va displeyda xuddi uzilish bo‘lgandek, bir raqami paydo
bo‘ladi. Soz bo‘lgan tranzistor tekshirishda o‘zini aynan shunday tutadi. Biroq p-n o‘tishlardagi
jiringlashda ovozli signal tarqalishi yoki o‘lchash shchuplarini istalgan yo‘nalishdagi ulashda bir
nurlanishi bo‘lishi mumkin. Bu tranzistor nosozligidan darak beradi.
Sozlangan kollektorli va emitterli o‘tishlarda ham tranzistorlarni yaroqliligi haqida muloxaza
qilishga xali erta. K-E chiquvchilarni ikkala yo‘nalishlarida ham jiringlatishni esdan chiqarmaslik
lozim. Istalgan yo‘nalishlarda ham displeyda xuddi o‘sha bir ko‘rinadi. Ammo ba’zan shunday
xolat bo‘ladiki, B-E, B-K sozlangan o‘tishlarda ham K-E chiqishlar qisqa tutashgan bo‘ladi va
tovushli signal eshitiladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1.
Multimetr (AVOmetr) nima?
2.
Multimetrlarni qo‘llanilishi va uning amaliy ahamiyati xaqida gapirib bering.
3.
Kuchlanishni o‘lchashni tushuntirib bering.
4.
Multimetrdan foydalanishda xavfsizlik chora-tadbirlari.