• Vazifa: Turli xildagi raqamli voltmetrlar va ampermetrlar yordamida o‘lchashlar olib borish. Asbob va uskunalar: Xar xil diapazondagi
  • Nazariy qism
  • O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/286
    Sana16.05.2024
    Hajmi5,37 Mb.
    #236914
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   286
    Bog'liq
    katta kitob

     


    124 
    6-LABORATORIYA ISHI 
    RAQAMLI, ELEKTRON VOLTMETRLARNI VA
    AMPERMETRLARNI O‘RGANISH HAMDA QO‘LLASH 
     
     
    Ishdan maqsad: 
    raqamli voltmetrlar va ampermetrlar hamda bunday o‘lchash 
    asboblarining ishlash prinsiplari bilan tanishish. 
    Vazifa:
    Turli xildagi raqamli voltmetrlar va ampermetrlar yordamida o‘lchashlar olib 
    borish. 
    Asbob va uskunalar: 
    Xar xil diapazondagi
     
    o‘lchash uchun mo‘ljallangan raqamli va 
    elektron voltmetr va ampermetrlar.
    Nazariy qism
    Raqamli elektr o‘lchash asboblari o‘zlarining tuzilishining soddaligi, qulayligi va xossalariga 
    ko‘ra radioelektronika soxasida keng tarqalgan o‘lchash asboblaridan hisoblanadi. Raqamli
    o‘lchagichlarni qo‘llanish doirasi juda ham turli-tuman. Ular tok kuchini, doimiy va o‘zgaruvchan
    kuchlanishlarni, o‘zgaruvchan tok chastotasini, quvvatlar va elektr energiyasini o‘lchashlarda
    qo‘llaniladi. O‘ziga xos ravishda o‘lchagichlar sifatida ampermetrlar, voltmetrlar, chastotomerlar 
    va vattmetrlardan foydalaniladi. Ular o‘zlarining gabaritlari, bajarish uslublari, o‘lchash oraliqlari 
    va aniqlik sinflari bo‘yicha farqlanadilar. Raqamli elektr o‘lchash asboblarini qo‘llash xavfsizligi 
    va ularni ortiqcha yuklanishlardan himoyalashga ham katta e’tibor qaratiladi.
    Raqamli voltmetrlar va ampermetrlarni amal qilish prinsiplari analog bo‘lgan signallarni 
    raqamli kod impulsiga qayta hosil qilishdan iborat bo‘lib, u tabloda aks etgan o‘nlik kodga
    aylanadi. Analogli signalni qayta o‘zgartirsh uchun analogli-raqamli qayta hosil qiluvchidan 
    foydalaniladi. U o‘zida raqamli mikrosxemalardan to‘plangan murakkab elektron sxemani hosil 
    qiladi.
    Raqamli voltmetr, ampermetr va boshqa o‘lchash asboblari bir qancha afzaliiklarga ega
    bo‘lib, shu qulayliklari va afzalliklari tufayli ular vaqti kelib strelkali o‘lchash asboblarini to‘lik 
    o‘rnini egallaydi (8.1- va 8.2-rasmlar).
    Bunday afzalliklariga ularni ixchamligi, kichik massaliligi va mexanik harakatlanuvchi 
    detallarni mavjud emasligi kiradi, hamda ular mexanik silkinishlar va kuchli vibratsiya 
    sharoitlaridagi elektrik kattaliklarni o‘lchashlarda raqamli asboblardan foydalanishga imkon beradi.
    SHuningdek, milli asboblarni mexanik ta’sirdan extiyotlash zarur bo‘lgan holatda, elektron 
    asboblar uncha kuchli bo‘lmagan zarbalarga kam ta’sirchan. Masalan, mexanik tizimdagi 
    tebranishalar chastotasini o‘lchovchi raqamli chastotomerni mexanizmga bevosita yaqin joyga 
    joylashtirish mumkin. 


    125 
    8.1-rasm. Universal turdagi raqamli voltmetr. 
    8.2-rasm. Universal turdagi raqamli ampermetr. 
    Raqamli asboblarni joylashtirishni muayyan qo‘llash sharoitlariga bog‘liq xolda amalga 
    oshirish mumkin va asbobni ishlashi ularni yo‘nalishlariga bog‘liq emas. Masalan, raqamli 
    voltmetrni gorizontal yoki ham vertikal o‘lchash shchitida ham, va raqamli shkaladan 
    ko‘rsatkichlarni engil va tez hisoblashga imkon beruvchi istalgan burchak ostida joylashgan 
    o‘lchash shchitlariga ham, joylashtirish mumkin. Asboblar ko‘rsatkichlarini hisoblash va yozish 
    qurilmasiga ham oson etkazib beriladi va bu operatorni ishtirokisiz, kattaliklarni o‘zgarishlarni 
    avtomatik rejimda kuzatishga imkon beradi.
    Raqamli o‘lchagichlarni eng muxim xossasi ularni aniqlik darajasi hisoblanadi. O‘lchash 
    xatoliklari foizni o‘nlardagi va yuzlardagi ulushlarida bo‘lishi mumkin. Milli asboblarda esa 
    maksimal nisbiy hatoliklar, yuqori aniqlik sinfiga ega bo‘lgan o‘lchash asboblarida ham 
    favqulotda xolatda, bir foiz atrofida va undan yukori qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.
    Raqamli ampermetr va voltmetrlarni ustivorligiga shak-shbha yo‘q: apparatlar katta 
    diapozondagi namlikda, atmosfera bosimlarida va harortada ham ishlayveradi. Bu esa raqamli 
    qurilmalarni ochiq havoda, er osti inshootlarida va boshqa murakkab atmosfera sharoitlarida 
    qo‘llashga imkon beradi.
    SHuntlar, qo‘shimcha qarshiliklarni qo‘llash - o‘lchanayotgan elektrik kattaliklar diapozonini 
    muhim darajada kengaytishga imkon yaratadi. Raqamli asboblar bir necha mkA dagi kichik toklarni 
    hamda bir qancha o‘nlab kA gacha iste’mol qiluvchi qudratli qurilmalardagi katta toklarni 
    o‘lchashga imkon beradi.
    Ushbu yutuqlariga qaramay raqamli chastotomer, ampermetr va voltmetrlar ham ba’zi 
    kamchiliklarga ega. O‘lchanadigan parametrlarni doimiy va tez-tez o‘zgarishlari holatlarida, 
    mutlaq kattalik bo‘yicha raqamli asbobni ko‘rsatkichini hisoblashni iloji yo‘qdek ko‘rinadi, 
    bunday xolda o‘lchash uchun kattaliklarni tebranishlarini shkala bo‘yicha kuzatish oson bo‘lgan
    milli asboblar qo‘llaniladi.
    Bundan tashqari raqamli voltmetr va ampermetrlar murakkakab elektron sxemaga ega va 
    hamda ularni ta’mirlash va sozlashtirish ancha murakkab. Bundan kelib chiqadiki, raqamli 
    o‘lchagichlarni ta’mirlash va sozlashtirish ishlariga istak-xoxish juda chegaralangan va maxsus 
    ixtisoslashtirilgan ustaxonalarga murojaat qilishni talab etadi.
    Asboblarni ushbu sifatlariga qaramay ular texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida, ham 
    ko‘chma va ham statsionar elektrostansiyalarda, o‘lchash laboratoriyalarida, raqamli apparaturalarni 
    ta’mirlash ustaxonalarida keng qo‘llaniladi.

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   286




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish