• Koʻrsatkichlari
  • Tashqi savdo faoliyati
  • Investitsion faoliyatiTahrirlash
  • Yoʻnalishlari
  • Moliyaviy barqarorlik
  • Filiallari va boʻlimlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida 67 ta filiallari mavjud. Manbalar
  • Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki




    Download 134,07 Kb.
    Sana19.11.2023
    Hajmi134,07 Kb.
    #101531
    Bog'liq
    Milliy bank prezentatsiya

    "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki“ Aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistonning universal tijorat banki, aktivlar hajmi boʻyicha mamlakatning eng yirik, loyihaviy moliyalashtirish, universal tijorat, investitsion va jamgʻarma bank funksiyalarini birlashtiruvchi bank hisoblanadi


    Asosiy maʼlumotlar

    Turi

    AJ

    Birja listingi

    UZSE: UZ7055810012

    Asos solingan

    1991 (32 yil avval)

    Joylashuvi

    Toshkent, Oʻzbekiston

    Boyligi

    Aktivlari

    983,32 mlrd. soʻm (1-yanvar, 2022)

    Sof foydasi

    14 584,55 mlrd. soʻm (1-yanvar, 2022)

    Xodimlari

    5823

    Egalari

    Sayti

    nbu.uz/en

    Faoliyati
    Oʻzbekiston Milliy banki bank xizmatlarining butun koʻlamini taqdim etuvchi universal tijorat banki hisoblanadi, shular jumlasidan, investitsion biznes, loyihaviy va tashqi savdoni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish, hususiy va korporativ mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka va isteʼmolchilik kreditlarini berish. Bank keng tarqalgan filial tarmoqlariga ega.
    Bankda qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarda qoʻyilgan maqsadlarni rejalashtirish va ularga erishishda xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv qoʻllaniladi. Bundan tashqari, xatarlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish maqsadida bank xalqaro konsalting kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi.
    Koʻrsatkichlari
    2008-yili Oʻzbekiston banklarining umumiy aktivlaridagi OʻMBning ulushi 40% ortiq boʻlgan. Shu yilning oʻzida bank mamlakatning qariyb 20% korxonalariga, jumladan deyarli 40% qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatdi.
    2018-yili bank aktivlarining hajmi 56,524,57 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-5 722,02 mlrd soʻmni, sof foydasi-506,56 mlrd soʻmni tashkil etdi (Batafsil maʼlumotlar 2018-yil uchun elektron yillik hisobotda berilgan).
    2019-yili bank aktivlari hajmi 66 604,99 mlrd soʻmni, hususiy kapitali- 13 141,07 mlrd soʻmni, sof foydasi- 1 043,65 mlrd soʻmni tashkil etdi.
    2020-yili bank aktivlari hajmi 79 861,14 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-13 873,10 mlrd soʻmni, sof foydasi-905,42 mlrd soʻmni tashkil etdi.
    2021-yili bank aktivlari hajmi 89 919,41 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-14 768,71 mlrd soʻmni, sof foydasi-983,33 mlrd soʻmni tashkil etdi.
    Tashqi savdo faoliyati
    Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi:
    • avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;
    • veksellarni diskontlash;
    • faktoring;
    • bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;
    • loyihaviy moliyalashtirish;
    • eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;
    • muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi.

    • Investitsion faoliyatiTahrirlash
      OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.
      Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.

    Yoʻnalishlari
    Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish.
    Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi.
    Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
    Moliyaviy barqarorlik
    OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi.
    2018-yilning 24-dekabrida Standard and Poorʼs xalqaro reyting agentligi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi „V+“ darajasidan „VV-“ darajasigacha oshirildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga teng.
    Filiallari va boʻlimlari
    Oʻzbekistonning barcha hududlarida 67 ta filiallari mavjud.
    Manbalar
    •  Jump up to:1,0 1,1 „O'zmilliybank (NBU) - Depozit.uz“ (29-avgust 2022-yil). Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
    •  „Visa O'zmilliybankni Visa Direct xizmatini ishga tushirgan O'zbekistondagi birinchi bank deb tan oldi - Depozit.uz“ (12-fevral 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.o

    Download 134,07 Kb.




    Download 134,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

    Download 134,07 Kb.