82
54. Kontakt tizimi foydalanishida "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda
peregonlar va stansiya asosiy yo’llari kontakt tizimining ko’riklari
bilan aylanib chiqishlar
amalga oshirilishi kerak.
55. Kompensasiyalangan osmali kontakt tizimi foydalanishiga me'yor va talablar
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
56. Peregon va stansiyalarda kontakt simi osmasining relslar
kallaklari yuqori sathidan
balandligi 6250 mm, sun'iy inshootlar chegarasida esa - 5750 mm bo’lishi kerak.
Tayanch yaqinidagi tok qabul qilgich o’qidan kontakt simining eng katta sinish chiziq’i
fiksator gorizontal va vertikal ko’chib yurishlarini hisobga olib egrilarda 450 mm, to’q’ri
yo’llarda 300 mm dan oshmasligi kerak.
57. Havo strelkalari konstruksiyalari ular bo’ylab tok qabul qilgichlarning ishonchli
o’tishini ta'minlashi kerak.
58. Tezyurar liniyalarda ta'minlash fazalari bo’linish joylaridagi neytral qo’shimchalar
bajarilishi elektr harakat tarkibining tortish toki iste'mol qilishini avtomatik ravishda ta'minlovchi
qurilmalarni qo’llab amalga oshirilishi kerak.
59. Barcha turdagi bajarilayotgan ishlar mazkur talablarni
hisobga olib qurilmalarning
texnik xarakteristikalari batamom qayta tiklanishini, shuningdek
qurilmalarning istiqboldagi
ishlash ishonchliligini oshirishni nazarda tutishi kerak.
Kontakt tizimining vaqtinchalik qayta tiklanishida zarur hollarda poezdlar harakati
tezligini chegaralash yoki elektr harakat tarkibini tushirilgan tok qabul qilgichlar bilan o’tkazish
joriy qilinadi.