83
kam bo’lmasligi kerak. Bunda xizmat tormozlanishining tormozlash yo’lida lokomotiv svetofori
ko’rsatkichining yashildan sariqqa o’tishiga kerak bo’lgan 6 soniyaga teng vaqt va uni mashinist
tomonidan qabul qilish uchun kerak bo’lgan 3 soniya, ya'ni jami 9 soniya vaqt mobaynida
poezdning bosib o’tuvchi yo’li hisobga olinishi kerak;
ikkita qo’shni blok-uchastkalar jamlangan uzunligi amalga oshirilgan maksimal harakat
tezligini yo’lning ushbu joyida bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish uchun
belgilangan tezlikkacha pasaytirishga kerak bo’ladigan xizmat tormozlanishi tormoz yo’lidan
(poezdning 9 soniya vaqt ichida bosib o’tadigan yo’lini ham hisobga olib) kam bo’lmasligi
kerak;
har bir blok-uchastka uzunligi bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish
uchun belgilangan tezlikda to’liq xizmat tormozlanishidagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi
kerak va bundan tashqari ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak
bo’ladigan vaqt mobaynida poezdning taqiqlovchi ko’rsatkichli svetofor oldida to’xtashiga
qadar bosib o’tadigan masofani hisobga olib shoshilinch tormozlanishdagi tormozlash yo’lidan
kam bo’lmasligi kerak.
64. To’rt belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan shahar atrofidagi
poezdlar jadal harakatli uchastkalarda, yo’lovchi poezdlarning harakat tezliklari "O’zbekiston
temir yo’llari" DATK tomonidan tormozlash yo’llari hisoblariga muvofiq belgilanadi.
65. 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan qatnovchi yo’lovchi poezdlari uchun bir sariq
(o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish tezligi 100 km/soat dan oshirmasdan
belgilanishi kerak.
66. 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlari yo’nalishlari
bo’yicha peregon va stansiyalarda rels elektr zanjirlari takrorlanuvchi birikish (mis yoki texnik
xarakteristikalari bo’yicha ularga o’xshash boshqa) ulagichlar bilan jihozlanishi kerak.
67. Asosiy yo’llar strelkali uchastkalarining tarmoqlanishi (s'ezdlarning juft strelkalaridan
tashqari) qo’shimcha yo’l relelari va takrorlanuvchi birikish ulagichlari bilan jihozlanadi.
68. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va poezd radio aloqasining ishga yaroqliligi
kamida yil choragida bir marta vagon-laboratoriya bilan tekshirilishi kerak.