|
IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchunBog'liq PTE uz
IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun
harakat tarkibi
§1. Lokomotivlar
85. Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish uchun tegishli konstruksiyaviy
tezlikka ega maxsus ajratilgan lokomotivlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan
tartibda tayinlanadi.
86. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlariga xizmat ko’rsatishga lokomotiv
brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan intensiv texnologiyalar bilan ishlash
bo’yicha o’rnatilgan tartibda kasbga oid tanlash va tibbiy tekshirishdan o’tgan birinchi klass
malakali mashinistlar va lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist
yordamchilaridan tayinlanadi.
Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish brigadalari tarkibidagi o’zgarishlarga,
istisno tariqasida, faqat depo boshlig’i shaxsan ruxsatiga ko’ra yo’l qo’yilishi mumkin.
87. Tezyurar harakat tortish harakat tarkibining yo’l bosish me'yori, uning rejaviy ta'mir
turlari, ularning davriyligi, ta'mir texnologik jarayonlari va texnik holatiga talablar "O’zbekiston
temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
88. Asosiy depoda, aylanish punktlarida, lokomotiv brigadalarining almashinish
punktlarida lokomotivni qabul qilish-topshirishda, shuningdek harakat yo’nalishidagi
to’xtashlarda lokomotiv brigadasi: g’ildirak juftlarining, buksa va reduktor podshipniklarning
(qizishi bo’yicha), tortish dvigatellari va reduktorlari osmalarining, tortish uzatmasi,
gidroamortizatorlar detallarining, ALS g’altaklarining, tormoz richag uzatmasi va ressor
osmasining mahkamlanish detallarining holatiga asosiy e'tibor qaratishi shart.
89. Mavjud va qayta ishlab chiqilayotgan tok qabul qilgichlarning parametrlarini ularning
pasport ma'lumotlariga muvofiqligini tekshirish depoda va texnik xizmat ko’rsatish punktlarida
amalga oshiriladi.
Tok qabul qilgichlarning ko’riklari lokomotiv depo va elektr ta'minoti distansiyasining
maxsus ajratilgan xodimlari tomonidan, 161-200 km/soat tezlikni amalga oshiradigan elektr
harakat tarkibi uchun esa har bir reys oldidan aerodinamika stabillashtirish qurilmalari (ekranlar)
va avtomat tarzda tartibga solinuvchi tok qabul qilgichlarda muhofaza metall o’zakchalarining
mavjudligini lokomotiv depo va elektr ta'minoti xodimlari tomonidan komissiyaviy tekshirib
amalga oshiriladi.
|
| |