89
Yukli harakat tarkibining tezyurar uchastkasiga yetib keluvchi boshqa yo’nalishlardan
kirishlari rejaviy tartibda vagonlar ortilishini va harakat tarkibi sozligini tekshirish uchun nazorat
qurilmalari bilan TFQ va Yuklarni ortish va mahkamlash texnik shartlari talablariga muvofiq
jihozlanishi kerak.
118. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar bo’yicha harakatlanadigan
yuk poezdlari sinchkov xizmat ko’rsatish va vagonlarning tijoriy ko’rigiga jalb qilinishlari kerak.
Bunda TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti)da yuk vagonlariga texnik xizmat ko’rsatishda,
tuzish stansiyalari va harakat yo’nalishidagi tijoriy ko’rik punktlarida yuk vagonlarining tijoriy
ko’rigida g’ildirak juftlari g’ildirash sathi, buksa uzeli, tormoz jihozlari va muhofaza qurilmalari
holatiga, eshiklar, kuzov devori, vagonlar lyuklari qopqoqlari, ikki yarusli platformalar o’tish
maydonchalarining yopilishi va mahkamlanishi ishonchliligiga, ochiq harakat tarkibida yukning,
ayniqsa ekskavatorlar, kranlar va burilish hamda osma jihozlarga ega bo’lgan boshqa
mashinalarning, vertikal holatda tashiluvchi yuklarning to’g’ri ortilishi va mahkamlanishiga
alohida e'tibor qaratish lozim.
Vagon depolari va stansiyalar boshliqlari tezyurar uchastkada harakatlanuvchi yuk
poezdlari vagonlarining texnik xizmati va tijoriy ko’rigi o’tkazilishining sifatini muntazam
ravishda nazorat qilishlari kerak.
119. Yo’lga ta'sirni kamaytirish shartlari bo’yicha tezyurar yo’lovchi poezdlari
qatnaydigan uchaskalarda yuk poezdlarini boshqarish uchun VL80 (o’zgaruvchan tok)
elektrovozlarini va o’xshash xarakteristikalarga ega boshqa lokomotivlarni ham xuddi tezyurar
yo’lovchi lokomotivlari kabi xavfsizlik va radio aloqa qurilmalari bilan jihozlash kerak.