88
109. Barcha turdagi joriy ta'mir va texnik xizmatlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK
tomonidan o’rnatilgan talablarga muvofiq zarur ishlab chiqarish maydonlari va texnologik
jihozlarga ega bo’lgan lokomotiv depolarida amalga oshiriladi.
110. Elektropoezd turish yo’llari elektr va suv ta'minoti bilan jihozlangan bo’lishi,
yong’in o’chirish vositalari va o’z-o’zidan ketib qolishdan asrash qurilmalari bilan ta'minlanishi
kerak. Elektropoezd qo’riqlanishi ta'minlangan bo’lishi kerak.
111. G’ildirak juftlari ishlab chiqaruvchi zavod talablariga, shuningdek quyidagi
qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak:
greben qalinligi kamida 28 mm, g’ildirak to’g’ini (obod) qalinligi kamida 40 mm,
g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat ko’pi bilan 3 mm bo’lishi kerak;
g’ildirash aylanasi bo’ylab bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir g’ildirakda g’ildirak
juftini chiqarib yo’nishda - ko’pi bilan 0,5 mm, g’ildirak juftini chiqarmasdan yo’nishda - ko’pi
bilan 1,0 mm;
bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir komplekt g’ildirak juftlarida - ko’pi bilan 5 mm,
bir aravachada - ko’pi bilan 3 mm.
G’ildirash sathida chuqurligi 0,5 mm gacha polzunlar (o’yiqlar) mavjud bo’lsa, harakat
tezligi 160 km/soat dan oshmasligi kerak.
112. Asosiy va aylanma depodan elektrpoezdni berishdan oldin uning tormoz jihozlari
tekshirilishi, Temir yo’llarning harakat tarkibi tormozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnomaga
muvofiq tormoz to’liq sinashi o’tkazilishi va aylanmasdan siljishga qarshi qurilmalarning
faoliyati tekshirilishi kerak.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi qurilmalari va xavfsizlik qurilmalari, poezd radio
aloqasi va tezlik o’lchagichlarning tekshirilishlari elektr poezdni depoga kirib kelishi va uni
depodan berilishi har bir holatida amalga oshirilishi kerak.
113. Rejaviy ta'mir turlari o’tkazilgach quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
elektr poezdni depo yo’llarida sinash bilan ta'mir texnologik jarayoniga muvofiq jihozlar
ishini kuchlanish ostida sinash;
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda elektr poezdni asosiy
yo’llarda sinash.
114. Rejaviy ta'mir turlaridan elektropoezd Elektrpoezdlarni ta'mirlash qoidalariga
muvofiq qabul qilinishi kerak.
115. Elektr poezdi TO-2 hajmidagi texnik xizmat ko’rsatishdan chiqarilishdan oldin sex
ustasi va lokomotiv qabul qiluvchlari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
TO-2 texnik xizmat ko’rsatishning o’tkazilishi sifatini tekshirish "O’zbekiston temir
yo’llari" DATK Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan
grafik bo’yicha 15 kunda bir marta depo rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rik natijalari
TU-152 shaklidagi kitobga yoziladi.