81
44. Ko’priklar oraliq qurilmalarining vertikal egiluvchan bukilish ko’rsatkichlari eng
so’nggi ruxsat etilgan miqdorlardan oshmasligi kerak.
45. Ko’priklarning qirqiluvchi metall va chekka qirqilmaydigan oraliqlar qurilmalaridagi
rels yo’li strelasi ko’tarilishi, hisobiy oraliq o’lchamlarning 1/2500-1/3000, qirqilmaydigan
tizimlar o’rta oraliqlarida esa 1/5000-1/6000 chegaralarida bo’lishi kerak.
Ko’prik bruslarining yalpisiga almashtirilishiga qadar rels yo’li strelasining mavjud
ko’tarilishi miqdorini 1/2000 oraliq ko’rsatkichidan oshirmasdan saqlashga ruxsat etiladi. 30 m
gacha uzunlikdagi ballastda yurish bilan oraliq qurilmalarida qurilish ko’tarilishini
uyushtirmaslikka ruxsat etiladi, loyihalarda ularni ishlab chiqish nazarda tutilgan holatlar bundan
mustasno. Oraliq qurilmalarida rels yo’li belgilarining ustunlar yuqorisidagi uchastkalarga
nisbatan pasaytirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
46. Uloqsiz rels yo’li ko’priklarda Uloqsiz yo’llarni tuzilishi, yotqizilishi va saqlanishi
bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq yotqizilishi kerak. Ko’priklarning haroratli oraliqlari 66
m dan ortiq hamda uloqsiz yo’l bo’lganda tenglagich asboblar o’rnatilishi kerak. Haroratli
oraliqlar 66 m dan ortiq bo’lganda uloqli yo’llarni tenglagich asboblarsiz qurilishiga
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK sining yo’l boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan loyihalar
bo’yicha ruxsat etiladi. Oraliq qurilmalari deformatsiyalaridan rels yo’lidagi kuchlanishlarni
kamaytirish uchun oraliq qurilmalari uzunligi qismidagi rels biriktirgich klemmalari Uloqsiz
yo’llarni tuzilishi, yotqizilishi va saqlanishi bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq
qisqartirilgan panjachalarga ega bo’lishi kerak.
47. Muhofaza moslamalari yotqizilishi talab etiladigan ko’priklarda kesimi 160x160x16
mm li kontrugoloklar va olib qochishga qarshi (muhofaza) ugoloklar qo’llaniladi.
48. Tenglagich asboblari yotqizilishi zaruratida R65 rusumli tenglagich asboblari
qo’llaniladi, bunda rama relslari va ostryaklarning 4 mm dan ortiq vertikal yemirilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
49. Sun'iy inshootlarning qayta qurilish va tub ta'mirlarida afzallik ballastda qurilgan
yo’lli oraliq qurilmalariga berilishi kerak.
50. Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq tezligi yo’lning sinovi (obkatkasi) va
uning barqarorlashishidan keyin o’rnatiladi. Dinamika sinovlari o’tkazilgunga qadar yo’lning
ballastsiz konstruksiyasida, bo’g’inli yo’lda va tenglagich asboblar mavjudligida poezdlarning
harakat tezliklari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK normativlari bo’yicha o’rnatiladi.