|
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidaBog'liq 3224-сон 10.03.2020. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidaaxborot xavfsizligi
— axborot munosabatlarining subyektlariga nomaqbul ziyonlarni
keltirishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xususiyatli tasodifiy yoki qasddan qilingan
ta’sirlardan axborot va ta’minlab turadigan infratuzilmaning muhofaza qilinganligi;
axborot xavfsizligi noxush hodisasi
— axborot xavfsizligining yagona voqeasi yoki
bir qator noxush yoki kutilmagan voqealari bo‘lib, ushbu voqealar tufayli axborotning
oshkor bo‘lishi va axborot xavfsizligiga tahdidlar ehtimoli;
hujum
— axborot aktivlarini yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish,
ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki axborot aktivlaridan ruxsatsiz
foydalanishga urinish;
kompyuter virusi
— destruktiv xususiyatga, o‘z nusxasini ko‘paytira olish (asl nusxa
bilan to‘liq mos bo‘lmasligi ham mumkin) va foydalanuvchi bilmagan holda ularni
kompyuter tizimlari, tarmoqlari turli resurslari va shu borada joriy etish qobiliyatiga ega
bo‘lgan dasturdir (bajariladigan kodlar to‘plami);
monitoring
— avtomatlashtirilgan bank tizimi va axborot tizimlari holatini kuzatish;
server xonasi
— bank serverlari, telekommunikatsiya qurilmalari, uzluksiz quvvat
manbalari va boshqa hisoblash texnikalari joylashgan xona;
tarmoqlararo ekran
— avtomatlashtirilgan bank tizimiga kelib tushadigan va (yoki)
tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan dastur va
(yoki) dasturiy vosita;
xesh summasi
— kriptografik algoritm yordamida hisoblangan, fayl butligini
tekshirish summasi;
shaxsga doir ma’lumotlar
— muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni
identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa
moddiy jismda qayd etilgan axborot;
elektron arxiv
— arxiv maqomiga ega bo‘lgan, bank elektron hujjatlarini jamlovchi,
hisobga oluvchi, saqlovchi va foydalanishni amalga oshiruvchi bankning tarkibiy bo‘limi.
2. Banklar o‘z faoliyatining barqarorligini ta’minlashi va axborot xavfsizligi
tahdidlarining oldini olish uchun axborot tizimlari va axborot resurslaridagi axborotning
xavfsizligini ta’minlashi hamda butun ish faoliyati davomida saqlab turishi lozim.
|
| |