02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 8 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
Ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan barcha dasturiy o‘zgartirishlar avval test-sinov serverida
tekshirilishi hamda ijobiy natijaga erishilganda ishchi serverga joriy etilishi lozim.
Banklar avtomatlashtirilgan bank tizimining ma’lumotlar bazasiga dasturiy
o‘zgartirishlarni test-sinovdan o‘tkazish, ularni ushbu bazaga kiritish hamda kiritilgan
o‘zgartirishlarni hujjatlashtirish va ularning hisobini yuritish axborot xavfsizligi xizmati
tomonidan axborotlashtirish bo‘yicha mas’ul xodim bilan birgalikda amalga oshiriladi.
42. Ma’lumotlar bazasida o‘rnatilgan serverning ish jarayoni uchun zarur bo‘lmagan
xizmatlar to‘xtatilishi va axborot portlari yopib qo‘yilishi lozim. Ishlatiladigan axborot
portlarining ro‘yxati foydalanish maqsadi ko‘rsatilgan holda bank boshqaruvi raisi
tomonidan tasdiqlanadi.
43. Ma’lumotlar bazasining administratori va ma’lumotlar bazasida axborot
xavfsizligini ta’minlovchi xodimlarning vazifalari, vakolatlari va javobgarliklari bankning
ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
44. Ma’lumotlar bazasi administratorining paroli 12 ta belgidan kam bo‘lmasligi lozim,
bunda parolning belgilari sifatida pastki va yuqori registr harflari, raqamlar va maxsus
belgilardan (@,#-, $, &, % va h.k.) qo‘llaniladi.