• 11-bob. Ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqalishidan himoyalash tizimi va antivirus muhofazasi
  • -bob. Texnik vositalarni boshqarish tizimi




    Download 232,91 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet12/19
    Sana14.05.2024
    Hajmi232,91 Kb.
    #233533
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Bog'liq
     3224-сон 10.03.2020. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

    10-bob. Texnik vositalarni boshqarish tizimi
    74. Banklar avtomatlashtirilgan bank tizimida tarmoq obyektlari bo‘lgan
    foydalanuvchilar, kompyuterlar, serverlar va boshqa texnik vositalarni boshqarish (Active
    Directory yoki boshqa muqobil) tizimini joriy etadi.
    Bunda ushbu tizim yordamida kompyuterlarda foydalanuvchilar tomonidan faqat
    o‘zlarining ish faoliyatiga tegishli bo‘lgan dasturlar ishlatilishini, kompyuterlarga kirish
    himoyalanishi (parollar) ta’minlanadi.
    Ishlatishga yo‘l qo‘yiladigan dasturlar ro‘yxati bank tomonidan belgilanadi. Ro‘yxatda
    bo‘lmagan barcha dasturlarni ishlatish va qo‘shimcha dasturlar o‘rnatish kabi harakatlar
    taqiqlanadi.
    75. Texnik vositalarni boshqarish tizimi administrator tomonidan amalga oshiriladi,
    bunda axborot xavfsizligi xizmati administratorning tizimdagi barcha harakatlarini nazorat
    qilishi kerak.
    76. Axborot xavfsizligi xizmati kamida bir oyda bir marotaba texnik vositalarni
    boshqarish tizimi sozlamalarini va elektron bayonnomalarini tahlil qilishi, texnik
    vositalardan foydalanishda bank axborot xavfsizligiga oid siyosat talablari bajarilishini
    nazorat qilishi kerak.
    11-bob. Ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqalishidan himoyalash tizimi va antivirus muhofazasi
    77. Banklar axborot tizimlaridan ruxsatsiz ma’lumotlar uzatilishining oldini olish
    choralarini ko‘rishlari kerak, bunda banklar tomonidan ma’lumotlarni ruxsatsiz
    tarqalishidan himoyalash tizimi (DLP) joriy etiladi.
    78. Ma’lumotlarni himoyalash qilishda banklar tomonidan:
    muhofazalanadigan ma’lumotlarni ruxsatsiz turli tarmoq kanallari orqali uzatilishini,
    ruxsatsiz hisobga olinmagan tashqi tashuvchiga ko‘chirilishini, ruxsatsiz chop etilishini
    aniqlash, bank rahbariyatiga bu haqda ma’lumot berish va kelgusida bu kabi salbiy holatlar
    bo‘lmasligini oldini olish choralari ko‘rilishi;
    muhofazalanadigan ma’lumotlarni server va kompyuterlarda saqlanishi nazorat
    qilinishi lozim.
    79. Nazorat qilish tartib-qoidalari bankning ichki hujjatlari bilan belgilanadi, bunda
    ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqalishidan himoyalash mas’ul xodim tomonidan amalga
    oshiriladi.
    80. Banklarda axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash uchun
    antivirus dasturlari o‘rnatilishi kerak.
    81. Bankda antivirus dasturlarining o‘rnatilishi hamda uning ishlashi axborot
    xavfsizligi xizmati va mas’ul xodim tomonidan nazorat qilinadi.
    82. Banklar kompyuter virusi aniqlanganda, ularning tarmoq orqali tarqalishini oldini
    olish maqsadida amalga oshiriladigan choralarni belgilashi kerak.
    Bankda kompyuter virusi aniqlanganda, virusning kelib chiqishi va uning turi haqida


    02/05/24, 17
    :
    43
    3224-
    сон
    10.03.2020.
    O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
    Page 12 of 27
    https://lex.uz/docs/-4763600
    Markaziy bankka axborot beriladi.
    83. Kompyuterdagi antivirus dasturining sozlamalarini bank xodimlari tomonidan
    o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmasligi kerak. Kompyuter virusi aniqlanganda xodimlar
    tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar banklar tomonidan belgilanadi.
    Banklar antivirus himoyasi bo‘yicha litsenziyalangan dasturlarga ega bo‘lishlari lozim.
    84. Banklar tomonidan antivirus dasturlarini markazlashgan holda boshqarish tizimi
    joriy etilishi, antivirus dasturlari bazalari xar kuni yangilanib borilishi, antivirus dasturi
    rusumi aktual (ma’nan eskirmagan) bo‘lishi ta’minlanishi lozim.
    85. Antivirus dasturlari serverlar, kompyuterlar, bankomatlar, infokiosklar va boshqa
    barcha antivirus dasturlari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan hisoblash vositalariga hamda
    qurilmalarga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

    Download 232,91 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 232,91 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Texnik vositalarni boshqarish tizimi

    Download 232,91 Kb.
    Pdf ko'rish