-bob. Elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish




Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana14.05.2024
Hajmi232,91 Kb.
#233533
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
 3224-сон 10.03.2020. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

12-bob. Elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish
86. Banklarda elektron hujjatlarning asliga to‘g‘riligini tasdiqlash va tashqi muhit
ta’siridan muhofazalash uchun elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlari qo‘llaniladi.
87. Banklar tashqi tizimlar bilan o‘zaro ishlashida bank tavakkalchiliklardan kelib
chiqqan holda elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlarini qo‘llash bo‘yicha talablarni
o‘zaro kelishgan holda amalga oshiradi.
88. Avtomatlashtirilgan bank tizimi foydalanuvchilarning elektron raqamli imzolari
maxsus qurilmalarga (yoki mobil qurilmalarga) yozilgan bo‘lishi hamda har qanday usul
bilan ruxsatsiz nusxa olishdan himoyalangan bo‘lishi lozim.
89. Elektron to‘lov hujjatlarini kirituvchi, tasdiqlovchi va elektron to‘lovlar bilan tegishli
amallarni (bosh buxgalter, so‘nggi nazorat) bajaruvchi barcha mas’ul xodimlar elektron
raqamli imzo bilan ta’minlangan bo‘lishlari va avtomatlashtirilgan bank tizimlarida ushbu
elektron raqamli imzodan foydalanishlari zarur.
90. Banklar tarmoq orqali uzatilayotgan to‘lov ma’lumotlari elektron raqamli imzo va
shifrlash kalitlari qo‘llanilgan holda himoya qilinishini ta’minlaydi.
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
91. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli
imzo ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt oydan oshmasligi kerak. Bunda
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan ko‘p
bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Foydalanuvchilarning elektron raqamli imzo ochiq kalitlarini avtomatlashtirilgan
bank tizimida ro‘yxatga olinishi va hisobi yuritilishi kerak.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 21-yanvardagi
1/13-sonli 
qarori
(ro‘yxat raqami 3224-2, 31.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 01.02.2023-y., 10/23/3224-2/0064-son)
92. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazi orqali yaratiladi,
bunda sertifikatga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi,
ismi, otasining ismi;
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
xodimning lavozimi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
(92-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili;
elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 13 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reyestrining elektron manzili.
93. Elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlari yaratilishi jarayonlari muhofazalanishi
lozim.
94. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan faqat uning egasi foydalanishi lozim.
Bank tizimidagi elektron raqamli imzo kalitlari qo‘llanilishi axborot xavfsizligi xizmati
tomonidan nazorat qilinadi.
95. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan va shifrlash jarayonidan o‘tmagan
elektron to‘lovlar qayta ishlash uchun qabul qilinishi taqiqlanadi.
96. Markaziy bank tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kalitlari buzilganda,
yo‘qotilganda va boshqa o‘xshash holatlarda banklar elektron raqamli imzoning
yangilanish sabablarini batafsil ko‘rsatgan holda Markaziy bankka murojaat qiladi. Markaziy
bank murojaat asosida 1 kun ichida elektron raqamli imzoni yangilab beradi.

Download 232,91 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish

Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish