02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 17 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
jihozlangan xonada bevosita gazli o‘t o‘chirish tizimi joylashtirilishini ta’minlashi kerak.
Gazli o‘t o‘chirish tizimini ishga tushirish yong‘indan xabar beruvchi tutun
xabargohlaridan, shuningdek xona tashqarisida, devorga pol sathidan 1,5 m balandlikda
o‘rnatilgan qo‘lda ishga tushiriladigan xabargohlardan amalga oshirilishi kerak.
134. Gazli o‘t o‘chirish tizimi xonaning ichkarisida va tashqarisida joylashgan
avtomatik gazli o‘t o‘chirish qurilmasi ishga tushganligi to‘g‘risida xodimlarga xabar
beruvchi tabloga va xonaning tashqarisida o‘rnatilgan tovushli xabar beruvchi moslamaga
ega bo‘lishi kerak.
135. Gazli o‘t o‘chirish tizimi ventilatsiya qilish tizimining himoya qiluvchi klapanlari
yopilishi va uskunaning ta’minoti uzilishi to‘g‘risida topshiriq berilishini ta’minlashi kerak.
136. Gaz va tutunni chiqarib yuborish tizimi yong‘inni o‘chirish tizimi ishga
tushganidan so‘ng server xonasidan gaz va tutunning chiqib ketishini ta’minlashi kerak.
Ushbu tizim binoning ventilatsiya tizimidan alohida bino tomiga havo quvuri chiqarilgan
holda bajariladi. Tizim server xonasidagi havo hajmidan uch hissa oshadigan hajmdagi gaz
havo aralashmasi chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
137. Sovitish va ventilatsiya quyi tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
a) server xonasida quyidagi iqlim sharoitlariga rioya qilinishi kerak:
xonadagi havo harorati: 18 — 24°S;
haroratning yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlari: ± 2°S;
havoning nisbiy namligi 40 — 50 foiz;
havoni sovitish tizimining haqiqiy sovitish quvvati server xonasida joylashgan barcha
uskunalar va tizimlarning umumiy issiqlik chiqarishidan ortiq bo‘lishi kerak;
b) server xonasining havosini sovitish tizimi 100% zaxiralashdan foydalangan holda
bajariladi (kamida, har biri mustaqil ravishda xonaning havo rejimini ta’minlay oladigan
ikkita mustaqil konditsioner);
v) sovitish tizimi masofadan monitoringni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashi
kerak.