-bob. Avtomatlashtirilgan bank tizimi ish jarayonining uzluksizligini va qayta




Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana14.05.2024
Hajmi232,91 Kb.
#233533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
 3224-сон 10.03.2020. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

14-bob. Avtomatlashtirilgan bank tizimi ish jarayonining uzluksizligini va qayta
tiklashni ta’minlash
111. Banklar avtomatlashtirilgan bank tizimi ish jarayonining uzluksizligini ta’minlashi
hamda buning uchun tashkiliy va texnikaviy choralar ko‘rishlari kerak.
Banklar avtomatlashtirilgan bank tizimi ish jarayonida to‘xtashlar, texnik nosozliklar,
favqulodda holatlar va katta zarar yetkazuvchi holatlar yuzaga kelganda ish uzluksizligini
ta’minlashi va uning uchun tegishli choralarni avvaldan ko‘rgan bo‘lishlari lozim.
112. Bankda avtomatlashtirilgan bank tizimi ish jarayonlari uzluksizligini ta’minlash
bo‘yicha talablar ishlab chiqilishi, shu jumladan uzilishlar (to‘xtashlar) vaqtida amalga
oshiriladigan ishlar (barcha holatlar uchun) bo‘yicha choralar reja tasdiqlanishi kerak.
Rejada ishtirok etuvchi xodimlar harakati yoritilishi va bu xodimlar tegishli tayyorgarlik
ko‘rib qo‘ygan bo‘lishlari kerak.
113. Banklar avtomatlashtirilgan bank tizimi quyi tizimlarini qayta tiklash tartibini


02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 15 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
113. Banklar avtomatlashtirilgan bank tizimi quyi tizimlarini qayta tiklash tartibini
ishlab chiqishi, ma’lumotlarni va tegishli dasturlarini zaxiralashi, yilda kamida ikki marotaba
qayta tiklash sinov ishlarini o‘tkazishi, amalga oshirilgan barcha ishlarni hujjatlashtirishi
lozim. Qayta tiklash choralar rejasi barcha mavjud axborot tizimlari, operatsion tizimlar va
texnik qurilmalarni inobatga olgan holda tuzilishi lozim.
114. Bank axborot tizimlarini qisqa muddatlarda qayta tiklash maqsadida tegishli
elektron ma’lumotlarini shakllantirishi kerak. Bunda to‘lov tizimiga bog‘liq bankdagi barcha
axborot tizimlarining qayta tiklanuvchi ma’lumotlar kechagi kun yakuniga nisbatan aktual
tarzda saqlanishi tashkil etilishi kerak.
115. Qayta tiklanuvchi elektron ma’lumotlar ro‘yxati, ularni ko‘chirish (hosil qilish) vaqti
va boshqalar bank tomonidan belgilanadi.
Banklar qayta tiklanuvchi elektron ma’lumotlarning himoyasini ta’minlashi lozim.
116. Bankning ichki audit xizmati xodimi har oyda kamida bir marta ma’lumotlarni
qayta tiklash tizimining holatini tekshirishi va tekshiruv natijalarini maxsus daftarida qayd
qilib borishi kerak. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda bu haqida dalolatnoma
rasmiylashtirilishi lozim.
117. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining texnik vositalari ishdan chiqishi holatlari
yuz berganda, tizimning beto‘xtov ishlashini ta’minlash uchun banklar zaxira tiklanish
rejasi, dastur va uskunalarga ega bo‘lishlari shart.
118. Avtomatlashtirilgan bank tizimdagi serverlar va kompyuterlar ekspert tasdig‘idan
o‘tgan yoki litsenziyaga ega bo‘lgan dasturlarga ega bo‘lishi lozim. To‘lov markazidagi
serverlarning qattiq disklaridagi ma’lumotlar mustaqil disklar mantiqiy massivi
texnologiyalari (RAID) orqali himoya qilinadi.
119. Bosh bank avtomatlashtirilgan bank tizimlarini favqulodda (yong‘in, zilzila, suv
toshqini va boshqa) holatlardan himoya qilish uchun 5 km dan kam bo‘lmagan masofada
zaxira markazi (ABT serverlari) tashkil etilishi lozim, mazkur markaz bank filial(lar)ida yoki
boshqa tijorat banklarida tashkil etilishi mumkin.
Bank tomonidan zaxira markazi xonasining xavfsizligi ta’minlangan va uchinchi
shaxslar bankning ruxsatisiz zaxira serverlari bilan ishlashi chegaralangan bo‘lishi kerak.
Zaxira markazi xonasi bank tomondan videokuzatuv tizimi orqali nazoratga olinadi. Zaxira
markazini boshqa bankda tashkil etish ushbu bank bilan tuzilgan shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
120. Asosiy axborot tizimlarida ishlatilayotgan dastur va ma’lumotlarning zaxira
nusxalari bankning zaxira markazida saqlanadi. Zaxira markazidagi ma’lumotlarning qayta
tiklanishi (sinxronizatsiya) davriyligi kuniga bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 232,91 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Avtomatlashtirilgan bank tizimi ish jarayonining uzluksizligini va qayta

Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish