02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 2 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
haqiqiyligini tasdiqlash tartib-taomili;
axborot aktivlari
— axborot resurslari, axborotni qayta ishlash qurilmalari va boshqa
bank uchun muhim bo‘lgan axborotlar;
Oldingi
tahrirga
qarang.
axborot resursi
— axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar
banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda
joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
2021-yil 28-maydagi 12/3-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 3224-1, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/3224-1/0567-son)
axborot tizimi
— axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari,
axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;