-bob. Elektron arxivni tashkil qilish, elektron arxiv hujjatlarining tarkibi




Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana14.05.2024
Hajmi232,91 Kb.
#233533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
 3224-сон 10.03.2020. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

13-bob. Elektron arxivni tashkil qilish, elektron arxiv hujjatlarining tarkibi
97. Elektron arxiv bank arxivining tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil qilinadi.
98. Elektron arxiv o‘zining elektron arxiv axborot tizimiga ega bo‘lishi va uning
axborot resurslari shakllantirilishi lozim.
99. Elektron arxivning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
elektron hujjatlarni jamlash, hisobga olish, ularni saqlash, shuningdek ulardan
foydalanishni ta’minlash;
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
axborot resurslarining arxiv nusxalarini tayyorlash va ularni qonunchilik hujjatlarida
belgilangan muddatlarda davlat saqloviga topshirish;
(99-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-
iyuldagi 16-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
elektron hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha bankning tarkibiy bo‘linmalariga uslubiy
yordam ko‘rsatish;
elektron arxivning axborot resursini axborot xavfsizligini ta’minlash.
100. Elektron arxiv hujjatlari tarkibiga quyidagi axborot resurslari kirishi lozim:
bank amaliyoti kuni elektron ma’lumotlarining to‘liq bazasi;
muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlarining ochiq kalitlari;
bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida bankda foydalanilayotgan dasturlar
majmuasi;
elektron to‘lov tizimlariga bog‘liq dasturlarining, dasturiy va apparat-dasturiy tarmoq
qurilmalarining hamda axborot xavfsizligi noxush hodisalari bilan bog‘liq elektron
bayonnomalari;
elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan to‘lovlarga tegishli (farmoyish,
qaror va boshqa) hujjatlar;
shifrlangan va shifrlanmagan ko‘rinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron
to‘lov hujjatlari;
tijorat banklarining kredit va boshqa bank operatsiyalariga taalluqli ma’lumotlari;
banklarning boshqaruv tizimiga oid ma’lumotlar.
101. Banklar o‘zining siyosati, mavjud bo‘lgan axborot tizimlari va bank oldiga
qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, elektron arxivda saqlanuvchi ma’lumotlar ro‘yxatini
belgilashi mumkin, bunda ushbu ro‘yxat mazkur Nizom talablarini inobatga olishi shart.
102. Elektron arxiv belgilangan vazifalarini bajarish uchun tegishli texnik qurilma-
vositalar va dasturlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.


02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 14 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
Elektron arxivning axborot resursi tashqi saqlovchilarga ko‘chirilib, seyfda yoki temir
shkafda saqlanishi lozim.
103. Asosiy ish jarayonidagi ma’lumotlar va ularning xotirasida (server disklarida)
saqlanayotgan ma’lumotlar elektron arxivning axborot resursi hisoblanmaydi.
104. Banklari elektron arxivning axborot resursi nusxalarini saqlanishi uchun kamida
ikkita saqlash joylarini tashkil etishlari lozim.
Elektron arxiv har kuni dasturiy ravishda axborot resursini shakllantirishi (arxivlanishi),
elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi jarayoni elektron jurnalda qayd etib borilishi
lozim. Elektron jurnalda axborot resursiga ko‘chirilgan axborotlar to‘g‘risida (vaqti, nomi,
hajmi va boshqa) ma’lumotlar hamda elektron arxiv butligini aniqlash maqsadida ushbu
axborotlarning xesh summasi (nazorat raqamlari) qayd etib borilishi kerak. Elektron
arxivning mas’ul xodimi ushbu ishlarni amalga oshirganligi to‘g‘risida maxsus daftarda
qayd qilib boradi.
105. Bankning ichki audit xizmati xodimi har oyda kamida bir marta elektron
arxivning ishlarini tekshirishi va tekshiruv natijalarini arxiv ishlarini qayd etish maxsus
daftariga kiritib borishi zarur. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda bankning ichki audit
xizmati tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilishi va kamchiliklarni bartaraf etish choralari
ko‘rilishi tashkillashtiriladi.
106. Elektron arxiv tomonidan elektron arxivning axborot resursi ma’lumotlari har olti
oyda bir marta butligi yuzasidan tekshirib turiladi hamda ushbu tekshirish natijalari
maxsus daftarda yuritiladi. Agar elektron arxiv axborot resurslari ma’lumotlari qisman yoki
umuman buzilganligi aniqlansa, tegishli ma’lumotlar qayta tiklanishi va bu haqida
dalolatnoma tuzilishi lozim.
107. Elektron arxivga topshirilgan elektron hujjatlarning (elektron resurslarning)
saqlanish muddati, qog‘oz asosdagi hujjatlar uchun o‘rnatilgan muddatlardan kam
bo‘lmasligi lozim.
Bank tomonidan saqlanish muddati doimiy bo‘lgan elektron ma’lumotlar, idoraviy
arxivda o‘n besh yil mobaynida saqlangandan so‘ng, bir nusxasi o‘rnatilgan tartibda davlat
arxivlariga topshirilishi lozim.
108. Bankning filiallari faoliyati tugatilganda elektron arxivning axborot resursi
bankning hududiy filiallariga, hududiy filiallari mavjud bo‘lmagan banklar Bosh bankka
belgilangan tartibda topshiriladi. Bank faoliyati tugatilib boshqa bankka qo‘shib
yuborilganida, elektron arxiv ma’lumotlari qo‘shib yuborilayotgan bank elektron arxiviga
belgilangan tartibda topshiriladi.
109. Bank faoliyati tugatilganda elektron arxivning axborot resurslari Davlat arxiviga
topshiriladi.
110. Elektron arxiv xodim(lar)i axborot resurslarining to‘liqligi, to‘g‘ri shakllanganligi
hamda ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Download 232,91 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Elektron arxivni tashkil qilish, elektron arxiv hujjatlarining tarkibi

Download 232,91 Kb.
Pdf ko'rish