|
Toshkent davlat transport universiteti qayta topshirish
|
Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 38,36 Kb. | | #273983 |
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
QAYTA TOPSHIRISH
Mavzu: ____________________________________________________________________________________________________________________________________
Guruh: TVE-4
Bajardi: Musurmonova N.
Tekshirdi: Miryakubov A.
TOSHKENT 2024
Reja:
ALSN qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xuquqiy asoslari;
ALSN ni nazorat qilish punktlarida ALSN qurilmalari va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalari harakatini tekshirish va rostlash;
Asosiy lokomotiv depolarida ALSN qurilmalari va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalari harakatini tekshirish va rostlash.
ALSN qurilmalari va xavfsizlik qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash TST-TSSH-857 yo’riqnomasi asosida bajariladi. Unda poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish va saqlashga qo’yiladigan asosiy talablar aniqlangan. ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalari funktsiyalanishi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarini signallashga ko’ra yo’riqnoma talablariga javob berishi kerak. ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalari ESKD ga ko’ra bajarilgan va tasdiqlangan konsruktorlik xujjatlariga to’liq mos kelishi lozim. ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalarini ta’mirlash, tekshirish va saqlashga majburiyatlarni taqsimlashga ko’ra lokomotiv deposi ishchilari hamda Signallash va Aloqa distantsiyalari ishchilari javob beradi. ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalarini ta’mirlashga ko’ra barcha ishlar mos keluvchi qoida va texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar asosida bajarilishi lozim. Foydalanish sharoitida qurilma izolyatsiyasi, ishonchliligi va otkazsizligiga qaratiladi.
ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalarini tekshirish davriyligini lokomotiv yurgan masofasi hamda nazorat punkti katta elektromexanigi tuzgan ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash rejasi yoki grafigiga ko’ra amalga oshiriladi. Signallash va Aloqa distantsiyasi nazorqat qilish-ta’mirlash punktlarida deshifratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar va kondensator bloklarini tekshirish va nosoz detallarni almashtirib ta’mirlash ishlari 6 oydan ko’p bo’lmagan muddatlarda amalga oshiriladi. Harakat yo’nalishini qayta ulagichsiz ikki kabinali lokomotivlar va motor vagonli harakat tarkiblarida barcha qurilmalarni tekshirish bir yildan kam bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi, bunda umumiy yashiklarni ko’rikdan o’tkazish va ichki tekshiruvi amalga oshirilishi lozim. Lokomotiv filtrlari va kondensator bloklarini tekshirish har uch yilda amalga oshiriladi.
Mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmasini lokomotivdan echib olib tekshirishni avtostop tsexi ustasi tuzgan navbatdagi xizmat ko’rsatish rejasi yoki ta’mirlashga ko’ra grafik asosida amalga oshiriladi. Lokomotivdan echib olib tekshirishni mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmasi (MONQQ) uchun uch yilda, L132, L116, L77, L159, L168 va L143 qurilmalari uchun – bir yilda amalga oshiriladi.
Elektropnevmatik klapan (EPK), ogoxlik dastagi, yordamchi tugmachalar, qabul qilish g’altagi, elektr o’tkazgichlar, klemma qutilari va lokomotiv svetoforlarini tekshirish va ta’mirlash lokomotiv deposi ishchilari tomonidan olti oydan ko’p bo’lmagan muddatda lokomotivni navbatdagi ta’mirlash rejasiga ko’ra amalga oshiriladi.
3SL-2M tezlik o’lchagichini lokomotivdan echib olib tekshirish va ta’mirlashni navbatdagi rejali ta’mirlsh yoki texnik xizmat ko’rsatishda har uch oyda amalga oshiriladi. Harakat parametrlarini qayd qilgich KPD-3 har bir TR-1 da ta’mirlanadi, barcha bloklarini lokomotivdan echib olib ta’mirlashni lokomotiv deposi ishchilari rejali ta’mirlash TR-1r da amalga oshiriladi.
ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalarini har bir ta’mirlashdan va texnik xizmat ko’rsatishlardan so’ng nazorat punktlarida sinov shleyfalaridan foydalanib tekshiriladi va ko’rikdan o’tkaziladi. Bundan tashqari, lokomotivlar va motorvagonli harakat tarkiblari TR-1r va TR-3 joriy ta’miridan chiqqandan so’ng ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalari nazorat punkti katt elektromexanigi va avtostop tsexi ustasi bilan birgalikda tekshirilishi va qabul qilinishi lozim.
ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalariga lokomotiv depolarida texnik xizmat ko’rsatish
ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish, hamda lokomotiv jamolari arizasiga ko’ra nosozliklarni bartaraf etish asosiy lokomotiv depolarida avtostop va elektronika tsexlarida yoki TO2, TO3 larda lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlarida amalga oshiriladi. Avtostop va elektronika tsexida rostlanuvchi 50 V o’zgarmas kuchlanishli manba, 0,7-0,9 MPa (7-9 kgs/sm2) qisilgan havo, ALSN apparatlarini, avtostop EPK larini, kontaktli qayd qiluvchi qurilmali tezlik o’lchagichlarni, KPD-3, tormozlarni avtomatik boshqarish tizimini va boshqalarni tekshirish uchun stendlar bilan jixozlash lozim. TSexda izoltsiya qiymatini o’lchash uchun 500 V li megoommetr, sekundomer, lokomotiv signalizatsiyasini tekshirish uchun ILS-3 yoki ILS-4 turidagi ko’chma sinov asbobi, lokomotiv g’altagini sinash uchun IP-LK (IPLK-M) turidagi parametr o’lchagich bo’lishi lozim. Elektron qurilmalarni tekshirish uchun ostsillograf, elektron voltmetr va bosim datchiklarini va burilish burchagini o’lchash uchun maxsus stendlar bo’lishi lozim. Ish joyida kerakli texnik xujjatlar va texnika xavfsizligiga ko’ra himoya qurilmalari bo’lishi lozim.
Texnik xizmat ko’rsatish punktlarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmalari maxkamlanishi tekshiriladi;
-ro’yxatda ko’rsatilgan barcha qurilmalarda plomba mavjudligi tekshiriladi;
-lokomotiv svetofori qizil oq chirog’ida mashinist ogoxligini nazort qilish qurilmasi ishlashi to’g’riligini tekshirish va boshqalar.
Asosiy lokomotiv depolarida ALSN va mashinist ooxligini nazorat qilish qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish quyidagilardan iborat:
-barcha apparat va asboblarni maxkamligini tekshirish, tozalash, ko’rikdan o’tkazish, moylash;
-shablonlar yordamida qabul qilish g’altaklari relsga nisbatan balndligi tekshiriladi;
-ta’minot manbalari va barcha zanjirlar izolyatsiyasi qarshiligi qiymati tekshiriladi;
-elektr o’tkazgichlar, xavo o’tkazgichlar, ogoxlikni nazorat qilish qurilmasi va lokomotiv svetofori holati ko’rikdan o’tkaziladi;
-skrostomer kontaktli qayd qilish qurilmasi va EPK kontakt tizimi to’g’ri tutashishi tekshiriladi;
-ogoxlik dastagi, tugmachalar va tumblerlar holati tekshiriladi;
-lokomotiv jamoasi yozuvlariga ko’ra nosozliklar bartaraf etiladi;
-ochilgan qurilmalarni plombalash;
-ALSN va mashinist ogoxligini nazorat qilish qurilmasini ishlashini tekshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Berdiev U.T. va boshqalar “Elektr harakati tarkibini avtomatik boshqarish tizimlari” Toshkent 2017 y.
Yusufbekov N.K., Muhammedov B.I., G’ulomov Sh. M. “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish” O’qituvchi 2011 y.
Бобков Ю.В. и. др. Автоматизатция локомотивов М 2007 323 с.
|
| |