02/05/24, 17
:
43
3224-
сон
10.03.2020.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avto…a axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Page 18 of 27
https://lex.uz/docs/-4763600
141. Bank axborot xavfsizligi ta’minlanganligini aniqlash maqsadida tashqi tashkilotlar
xizmatidan foydalanishi va ichki auditini amalga oshirishi mumkin.
142. Tashqi tashkilot xizmatlari audit yoki ekspertiza ko‘rinishida amalga oshirilishi
mumkin. Bank audit yoki ekspertiza ishlarini o‘tkazuvchi tashkilotlarga konfidensial, shu
jumladan bank siri ma’lumotlarini taqdim etish yuzasidan ichki hujjat ishlab chiqishi lozim,
bunda ushbu ma’lumotlar tegishli shartnoma asosida berilishi kerak.
143. Bosh bankning Axborot xavfsizligi xizmati xodimlari bank va filiallarida mazkur
Nizom talablarining bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borishlari lozim.