Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
8. Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga 
tayanib portfel yoʻqotishlarining empirik ehtimolli taqsimotini 
aniqlanadi. Keyin mos keladigan kvantildan keltirib chiqish orqali 
VaR qiymatini aniqlanadi. Bu yondashuv ...
a) Retrospektivsimulyatsiya (Historical Simulation) usuli; 
b) Variatsion-kovariatsion (delta-normal, korrelyatsion, paramet-
rik, analitik) usul;
d) Parametrik yondashuv;
e) FMonte Karlo Simulyatsiyasi usuli. 
 
9. Potensial (istiqboldagi mumkin boʻlgan) yoʻqotishlarni qan-
cha davr oraligʻi uchun hisoblanishni anglatadigan muddat –nima 
deb ataladi? 
a) risk gorizonti; 


219 
b) foiz riski; 
d) riskni baholash; 
e) kredit riski. 
 
10. Bazel kelishuviga muvofiq VaRning risk gorizonti necha 
kunni tashkil etadi.
a) 10 kun; 
b) 12 kun; 
d) 15 kun; 
e) 20 kun. 


220 
 
XIII BOB. MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA 
NOBANK KREDIT INSTITUTLARI 
 
13.1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki 
Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Zamo-
naviy moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit 
bozori, qimmatli qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz 
ichiga oladi hamda ularning har birida banklar ishtiroki kuzatiladi. 
Umumiy holda banklar moliya bozorida emitent, investor, investitsion 
vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda banklar depo-
zitariy vazifasini ham bajaradi.
Banklarning emitent sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obli-
gatsiyalar, depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar 
oʻrtasida joylashtirishi bilan izohlanadi. Shuningdek, “Markaziy bank 
davlatning qimmatli qogʻozlari, shuningdek Markaziy bankning oʻzi 
chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi 
mumkin”.
86
Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 
Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid 
qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan 
shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli 
qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish”
87
kabilarni amalga 
oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi 
operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin: 
- qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash;
- qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish; 
- ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi asosida 
qimmatli qogʻozlarni boshqarish;
- qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz topshirigʻi 
asosida uning hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker 
vazifasini bajarish;
86
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuni, 25-modda. 
87
O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, 4-modda. 


221 
- qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha 
konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi);
- investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar 
chiqarilishini tashkil etish; 
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar 
foydasiga kafolat berish. 
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisi-
da”gi qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar 
investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi 
boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtiro-
kida chiqariladi. 
Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirish-
dan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va 
emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi ku-
zatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga koʻra sarflanadi. 
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki 
qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlana-
digan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha 
taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari haqidagi 
maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni 
chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs 
tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki 
tijorat banklari kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida 
chiqarilishi mumkin. 
Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini chiqarish 
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat 
organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda 

Download 4,09 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish