210
12.3. Fond birja savdolari mexanizmi.
Birja auksioni turlari
Fond birja savdosi mexanizmi birja ustavida alohida belgilanadi.
Fond birja ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga
oshirish tartib qoidalari koʻrsatiladi. Odatda, savdo mexanizmi
qoidalari birja tomonidan mustaqil yoki chetdan mutaxassislar yoki
ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilgan
holda ishlab chiqilishi
mumkin.
Fond birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda birja xodimlaridan
ishchi guruhi tuziladi hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar
mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qiladi. Savdo mexanizmi
qoidalarini ishlab chiqish jarayonida qimmatli qogʻozlar bozorini
tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakillari ishtirok etishi
talab qilinadi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqishda birjaning
yuridik xizmati, birja savdolarini oʻtkazishga hamda birja savdo tizimi
dasturiy-texnik majmuasi qatnashadi.
Fond birjasi savdo mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz
ichiga oladi:
-
savdo mexanizmi qoidalari matnini ishlab chiqish;
-
savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;
-
savdo mexanizmi qoidalarining
birja Kuzatuv kengashi
tomonidan tasdiqlanishi;
-
birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab
chiqish;
-
birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar
kiritish.
Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan
boʻlishi kerak:
-
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari;
-
birja bitimlari qatnashchilarining tarkibi va ularga nisbatan
qoʻyiladigan talablar yigʻindisi;
-
birja savdolarini amalga oshirish va ularning natijalarini
roʻyxatga olish tartibi;
-
birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi;
-
qimmatli qogʻozlarni
kotirovka qilish tartibi;
211
-
qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishni amalga
oshirish tartibi (listing);
-
birja bitimlari ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni
amalga oshirish tartibi;
-
birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning
taʼrifi;
-
savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari,
agar ular birja tomonidan tashkil etilgan boʻlsa;
-
birja savdolarini oʻtkazish tartibi;
-
birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi;
-
birjada narx-navoning yuzaga kelish
jarayoni ustidan nazorat
qilish tartibi;
-
birjadagi nizolarni hal etish tartibi;
-
birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va
xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja
aʼzolarining umumiy yigʻilishida kelishilib, birjaning Kuzatuv Ken-
gashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng qabul qilinishi lozim. Birja
aʼzolarining umumiy yigʻilishida qoidalar
kelishiladi va fond birja
kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Agar fond birja savdo
mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish yoki
Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa,
qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng
kelishish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar
bajarilganda beriladi:
-
qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi;
-
emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish;
-
qimmatli
qogʻozlar
emitenti
tomonidan
Oʻzbekiston
Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining
toʻliq bajarilishi.
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni
birja nizomi talabi va
hujjatlariga binoan tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo
tashkilotchisi tomonidan erkin belgilanishi mumkin, lekin savdoni
oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish vaqti asosiy savdo
sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha savdo
212
sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi savdolarga
kiritilgan qimmatli qogʻozlar savdosi
asosiy savdo sessiyasiga
kiritilishi talab etiladi.
Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar
bajarilganidan keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi.
Savdolarda bitimlar kelib tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring
tashkiloti tomonidan amalga oshgan bitimlar natijalarini aniqlashtirish
savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha amalga oshadi.
Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar
tuzish market meyker tomonidan qilinadi.
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:
a) doimiy va sessiya shaklida;
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaksiz (elektron).
Amalga oshish shakli boʻyicha:
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar).
Tashkil etish shakli boʻyicha savdo auksionlari oddiy va murakkab
auksionlarga boʻlinadi.