209
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli
davlat organi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning
chiqarilishini
roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan
eʼtiboran oʻttiz kun ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazishi yoki emissiya-
viy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtka-
zishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Emissiyaviy
qimmatli
qogʻozlarning
chiqarilishi
davlat
roʻyxatidan oʻtkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni
chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har
bir nusxasida emissiyaviy
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi
toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning
chiqarilishiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi.
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan
oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun
javobgarlik emitent zimmasida boʻladi.
Kliring
– qimmatli qogʻozlar savdosining
tashkilotchilari
tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar
boʻyicha oʻzaro
majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga
olishdir. Kliring qimmatli qogʻozlar
savdosining tashkilotchisi
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bitimlar natijalari boʻyicha
qimmatli qogʻozlardagi va pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblar qimmatli
qogʻozlar savdosi tashkilotchisining kliring topshirigʻi asosida amalga
oshiriladi. Kliringni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va
qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil qilish qoidalari bilan belgilanadi.
Netting –
mijozning barcha pul talablarini
uning barcha pul
majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan
kliring usulidir.