• Investitsiya vositachisi
  •  Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

     
    12.2. Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari 
    qatnashchilari 
    Fond birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga 
    muvofiq tashkil etiladigan fond birja tovari savdolari, ushbu 
    savdolarda fond birja barcha ishtirokchilari bir vaqtda ishtirok etish 
    imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda 
    oʻtkazililishi lozim. 
    Fond birja savdolarida qatnashuvchi ishtirokchilar mavjud. Ushbu 
    ishtirokchilar professional ishtirokchilar deyiladi va fond birja 
    professional ishtirokchilariga birja tomonidan belgilangan tartibda 
    birja savdolarida ishtirok etish huquqi berilgan investitsiya vositachisi, 
    investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini 
    ishonchli boshqaruvchi, tranfer-agent, qimmatli qogʻozlarning birjadan 
    tashqari savdosi tashkilotchisi, dilerlar, market-meykerlar va brokerlar 
    hisoblanadi, odatda ular yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishlari 
    darkor. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan 
    shugʻullanuvchi ushbu ishtirokchilarni kengroq koʻrib chiqamiz: 
    Investitsiya vositachisi 
    – mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz 
    nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda 
    operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining 
    professional ishtirokchisidir. Investitsiya vositachisi mijozlarining 
    qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari investitsiya vositachisining oʻz 


    202 
    hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turadi. Investitsiya vosita-
    chisi har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini 
    yuritadi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz 
    bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi, tuzilgan bitimlar 
    va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot beradi. 
    Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib 
    olish va sotishga buyurtma berish mumkin, oʻtkazish borasidagi 
    topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida 
    bajarishi lozim. Mijozlarning topshirigʻiga binoan amalga 
    oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining oʻz dilerlik 
    operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajariladi. Agar investitsiya 
    vositachisi tomonidan tegishli topshiriq olinguncha investitsiya 
    vositachisi va uning mijozi oʻrtasidagi mijoz xabardor qilinmagan 
    manfaatlar toʻqnashuvi mijozga zarar yetkazsa, investitsiya vositachisi 
    zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beradi. 
    Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi 
    faoliyatni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki 
    u tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan 
    eʼtiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond 
    birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Investitsiya vositachisi 
    sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turayotgan, tugatayotgan yoki 
    tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli 
    qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra bir haftalik muddatda boshqa 
    investitsiya vositachisiga oʻtkazilishi lozim, bunday qaror mavjud 
    boʻlmagan taqdirda esa, qimmatli qogʻozlarning egasi tanlagan 
    investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish 
    boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda 
    keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy 
    depozitariysiga oʻtkaziladi. 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish