• Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Birja infratuzilmasi 
    – birja savdolarining professional ishtirokchi-
    lari boʻlib, birja faoliyatini amalga oshirishini taʼminlovchi tashkilot-
    lardir. Ularga quyidagilarni kiritish lozim: 
    -
    qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi; 
    -
    qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga oluvchi tashkilot; 
    -
    kliring (hisob palatalari); 
    -
    netting; 
    -
    axborot agentliklari. 
    Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi
    – depo hisobvaraqlari 
    boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday 
    qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va emis-
    siyaviy qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi 
    davlat depozitariysidir. 
    Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi 
    shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar koʻrsatishdan 
    olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi. 
    Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun 
    tariflarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
    kelishilgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha 
    vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Shu borada qimmatli 
    qogʻozlar markaziy depozitariy vazifalari toʻgʻrisida ham aytib oʻtish 
    lozim.


    207 
    Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
    -qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish; 
    -hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash; 
    -qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni 
    saqlash; 
    -qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish
    -davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek 
    qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan 
    shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish
    -investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish; 
    -qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda 
    amalga oshirish; 
    -Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqa-
    rilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan 
    qimmatli qogʻozlarni hisobga olish; 
    -Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, 
    Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan 
    qimmatli qogʻozlarni hisobga olish; 
    -agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, 
    investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli 
    qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish; 
    -Deponentlarning yagona bazasini yuritish; 
    -Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan 
    emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish; 
    -depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar 
    harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish. 
    Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariy huquqlariga: qimmatli 
    qogʻozlar markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining 
    reyestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya 
    vositachilaridan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur maʼlu-
    motlarni soʻrash va olish hamda boshqa huquqlarni ham kiritish 
    mumkin. 
    Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga 
    quyidagilar kiradi: 


    208 
    -
    manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni Qimmatli 
    qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari 
    bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi; 
    -
    saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qogʻozlar-
    ning but saqlanishini taʼminlashi; 
    -
    oʻzining har bir deponentiga tegishli qimmatli qogʻozlar soni-
    ning va nominal qiymatining hisobini yuritishi; 
    -
    qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuning-
    dek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi; 
    -
    oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiya-
    larni amalga oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy 
    arxivda saqlashi; 
    -
    oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiya-
    larni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma 
    topshiriqlari asosida amalga oshirishi; 
    -
    oʻz deponentining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi 
    va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli 
    koʻchirma bergan holda tasdiqlashi; 
    -
    depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjud-
    ligi va harakati, holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼmin-
    lashi;
     
    -
    oʻz deponentining depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni 
    qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat 
    organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek 
    sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonun 
    hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turishi va boshqalar. 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish