• Fond birja tamoyillari
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

     
     
     
     
     
    12.1-rasm.
     Fond birja tamoyillari
    Oʻzbekiston Respublikasidagi fond birja boʻlib, “Toshkent” 
    Respublika fond birjasi hisoblanadi va ushbu birja Oʻzbekiston Res-
    publikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashti-
    rish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni 
    rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” № 745-sonli farmoniga koʻra 
    Fond birja tamoyillari 
    Birja 
    savdolarini 
    oshkora va 
    ommaviy 
    tarzda 
    oʻtkazish 
    Birja 
    bitimlarini 
    tuzishning 
    ixtiyoriyligi 
    Birja 
    savdolarida 
    narxlarning 
    erkin 
    shakllanishi 
    Birja barcha 
    a’zolarining birja 
    savdolarida ishtirok 
    etishi uchun 
    sharoitlarning tengligi


    199 
    8 aprel 1994 yilda shakllangan. Uning faoliyati respublikada olib 
    borilayotgan islohotlar bilan va aksionerlik jamiyatlar ochish siyosati 
    bilan yaqindan bogʻliq. 
    Bugungi kunda RFB “Toshkent” – bu 100 ortiq brokerlik 
    tashkilotlar va eng yangi uskunalarga ega boʻlgan birjadir. 
    Fond birja – tijorat tashkilot boʻlib, uning asosiy maqsadi 
    moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan foyda olishdir. Fond birja asosiy 
    maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat koʻrsatishning quyidagi 
    turlarini amalga oshirishi mumkin: oldindan tayinlangan joy va 
    muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora 
    birja savdolarini tashkil etish va oʻtkazish; talab va taklifning haqiqiy 
    nisbatini aniqlash asosida qimmatli qogʻozlarning narxini 
    shakllantirish orqali qimmatli qogʻozlar bozorini yaratish hamda ular 
    toʻgʻrisidagi axborotlarni belgilangan tartibda oshkor qilish yoʻli bilan 
    qimmatli qogʻozlarning erkin muomalasi uchun zarur shart-sharoitlar 
    yaratishni taʼminlash, birja aʼzolariga birja bitimlarida va birja 
    faoliyatida ishtirok etish huquqini beruvchi birja joyi (brokerlik oʻrni) 
    berish, birja savdolarida teng huquqlilik asosida ishtirok etishi uchun 
    savdo tizimiga masofadan ulanish imkoniyatini yaratish; qimmatli 
    qogʻozlar bozorida ochiqlik va oshkoralikni hamda raqobat sharoitini 
    taʼminlash uchun birja aʼzolariga savdo natijalari haqidagi axborotlarni 
    yetkazish, investitsiya vositachisi faoliyatini professional tarzda 
    amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; qimmatli 
    qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni 
    elektron shaklda amalga oshirish; birja savdolarini tashkil qilish va 
    oʻtkazishga zamonaviy texnologiya va uslublarni tadbiq qilish; birja 
    listingiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning kotirovkalanishini birja 
    savdosi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshirish; birja aʼzolari, 
    birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasida birja 
    savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib 
    chiqadigan nizolarni qonunchilik va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida 
    hal etishga koʻmaklashish; qimmatli qogʻozlar bilan birja savdolarini 
    amalga oshiruvchi mutaxassis-treyderlarning kasbiy malakasini oshirib 
    borishi uchun sharoitlar yaratish; birja faoliyati bilan bogʻliq 
    axborotnomalarni, maʼlumotnomalarni hamda boshqa axborot va 


    200 
    reklama nashrlarini chiqarish; qimmatli qogʻozlar bozori infratuzil-
    masini rivojlantirish va takomillashtirish. 
    Fond birjasining asosiy vazifalari quyidagilar: 
    -
    birja savdosi qoidalarini belgilash, oʻz internet saytida joylash-
    tirish; 
    -
    birja kotirovkalash varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlar 
    savdosini tashkil etish
    -
    qimmatli qogʻozlarga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida 
    ularning narxini chiqarish;
    -
    muntazam ravishda oʻz internet-saytida va ommaviy axborot 
    vositalarida qimmatli qogʻozlarning kotirovka narxlarini eʼlon qilish, 
    birja aʼzolarini birja savdosi yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
    -
    birja oʻz aʼzolari va ularning qimmatli qogʻozlar bilan oldi-sotdi 
    jarayonlarini bevosita amalga oshiradigan treyderlari uchun malaka 
    talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularning huquq va 
    majburiyatlarini belgilash;
    -
    amaldagi qonunchilik, fond birja ustavi va birjaning ichki 
    meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda yangi aʼzolar qabul qilish va 
    aʼzolikdan chiqarish;
    -
    birja aʼzolarining akkreditatsiyasini amalga oshirish;
    -
    qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining talab va 
    extiyojlarini hisobga olgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq 
    birja bitimlari amalga oshiriladigan maxsus seksiyalar tashkil etish;
    -
    qimmatli qogʻozlarni birja listingiga kiritish va delisting qilish 
    tadbirlarini amalga oshirish hamda qimmatli qogʻozlarning kotirovka 
    qilinish tartib va qoidalarini ishlab chiqish; 
    -
    birja faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan narx 
    belgilash, hakamlik, listing, nazorat va boshqa birja komissiyalarini 
    tuzish;
    -
    agar birja bitimlarining narxi kun davomida birja tomonidan 
    belgilangan qiymatdan ham ortiqroq oʻzgarib ketsa, birja savdosini 
    toʻxtatish; 
    -
    birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlanadigan 
    haq miqdorini belgilash;
    -
    birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar hamda 
    penyalar belgilash va undirish;


    201 
    -
    birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari hamda boshqa 
    axborot va reklama nashrlarini chiqarish;
    -
    birja savdolarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan 
    hujjatlarning standart shakllarini ishlab chiqish;
    -
    axborot-tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun qimmatli 
    qogʻozlar emissiyalarining hajmi va turi hamda ularning birjada va 
    fond bozorida aylanish darajasini taqqoslash yoʻli orqali oʻrganish;
    -
    fond birja ustavida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish 
    uchun amaldagi qonunchilik asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
    oshirish;
    -
    qonunchilik asosida birja faoliyatini samarali taʼminlash bilan 
    bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish