206
roʻyxatdan chiqarish tartibi va shartlari savdo tashkilotchisi tomonidan
qatʼiy belgilanadi.
Fond birjasi yopiq birja turiga kiradi. Bu degani, faqat birja
aʼzolari (yaʼni, professional ishtirokchilar) qimmatli qogʻozlar
savdosini amalga oshirishi mumkin. Odatda, fond birja aʼzolari yuridik
shaxslardir, lekin xalqaro amaliyotda fond birja aʼzolari kategoriyasiga
ham yuridik, ham jismoniy shaxslar kirishi mumkin. Ayirim mam-
lakatlarda, masalan AQSHda jismoniy shaxslarga, boshqa davlatlarda,
misol uchun, Yaponiya, Kanada – yuridik shaxslarga va boshqa
koʻpgina davlatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida farqlilik
qilmaydi, fond birja aʼzosi boʻlish afzalligi beriladi.
Fond birjaning barcha ishtirokchilari bir xil sharoit va vaziyatda
boʻladi, yaʼni har xil kategoriyaga ega boʻlgan ishtirokchilar boʻlishi
mumkin emas, misol uchun, tovar birjalaridagi ishtirokchilar singari.