203
Investitsiya fondi –
investorlarning pul mablagʻlarini va qoʻyilma-
larini investitsiya aktivlariga jalb qilish
maqsadida aksiyalar chiqara-
digan yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir.
Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy
shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qoʻshib
yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar
bozoridagi professional faoliyatni amalga
oshirish uchun investitsiya
fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor
qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib
kelishi mumkin. Investitsiya fondi oʻz huquq va majburiyatlariga ega.
Ushbu huquqlar investitsiya fondi ustavida belgilanadi. Ammo,
investitsiya fondi faoliyatida ayrim
huquqlarga ega emasligini
koʻrishimiz mumkin. Masalan:
-korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini, shuningdek imtiyozli
aksiyalarni chiqarish;
-fond sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning
qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning
ulushiga
investitsiyalash;
-toʻlanishi lozim boʻlgan qarzning jami hajmi kredit va (yoki) qarz
bitimi imzolanadigan sanadagi holatga koʻra investitsiya fondi sof
aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki)
qarz mablagʻlarini jalb etish. Kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan
oshib ketmasligi kerak;
-kafil boʻlish, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga
qoʻyish;
-tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha ja-
vobgarligini nazarda tutadigan yuridik shaxslarning qimmatli qogʻoz-
lariga investitsiyalarni
amalga oshirish;
-investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, auditorlik
tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga
invest-
titsiyalarni amalga oshirish;
-boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olish va ularga ega
boʻlish;
-umumiy summasi fond sof aktivlarining 10
foizidan ortiq
investitsiyalarni amalga oshirish.