• Murakkab auksion
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Oddiy auksion 
    yo xaridorlardan kelib tushgan arizalarni qabul qil-
    gan sotuvchi tomonidan (sotuvchi auksioni) yoki potensial sotuvchi-
    lardan manfaatli takliflar qidirayotgan xaridor tomonidan (xaridor 
    auksioni) tashkil etilishi mumkin.
    Oddiy auksionning bir necha turlari mvjud. 
    Xususan ingliz auksioni – 
    sotuvchilar savdo boshlanishidan oldin 
    fond instrumentlarini boshlangʻich narxda sotish uchun arizalar beradi. 
    Ular kotirovka byulletenida kelishtirilib, birja savdo ishtirokchilariga 
    tarqatiladi. Auksion davomida agar xaridorlar raqobati mavjud boʻlsa, 
    moliyaviy instrument narxi oshib boradi va natijada auksion aktivi 
    taklif etilgan eng yuqori narxda bitta xaridorga sotiladi. 
    Golland auksioni –
    sotuvchining boshlangʻich narxi yuqori va 
    qachonki xaridor narxni maʼqullamagunicha auksionni olib boruvchi 
    mutaxassis narxni pasaytirib boradi. Bunday holatda qimmatli 
    qogʻozlar narxiga rozi boʻlgan xaridor tomonidan sotib olinadi. 
    Qorongʻu auksion –
    barcha xaridorlar bir paytda qimmatli 
    qogʻozlarni sotib olish uchun oʻzlarining narxlarini taklif qilishadi va 


    213 
    eng yuqori narx taklif qilgan shaxs qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. 
    Ayrim rivojlangan mamlakatlar qisqa muddatli davlat obligatsiyalarini 
    – 
    uch oyli, olti oyli, bir yillik 
    – 
    “qorongʻi” auksion orqali joylashtiradi.
    Murakkab auksion 
    (uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”). 
    Auksionning bunday turi sotuvchilar va xaridorlar raqobatining yuqori 
    boʻlishini taqozo etadi. Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida 
    murakkab auksionlar fond bozori xususiyatiga boshqa auksionlarga 
    nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi. 
    Murakkab auksionlar quyidagicha farqlanadi. 
    Chaqiriqli bozor 
    (on call market). Fond bozorida bitimlar kamdan 
    kam tuzilsa, sotuvchi va xaridor narxlari oʻrtasida katta farq yuzaga 
    keladi va u birja kotirovkasida spred, deb nomlanadi. Buning natija-
    sida, bitimlardagi narxlar tebranishi yuqori va muntazam xarakterga 
    boʻladi, bunday bozor likvid emas, birja savdolari uzluksiz auksion 
    shaklida tashkil etilishi umuman, murakkab hisoblanadi. Chaqiriqli 
    bozorda birja savdosini tashkil etilishi kam kuzatiladi, bozor likvidligi 
    past boʻlganligi sababli, qimmatli qogʻozlar savdosida qatnashish 
    uchun arizalar tushish muddati uzaytiriladi va tashkil etilgan birja 
    savdosida deyarli barcha qimmatli qogʻozlar savdosi boʻlib oʻtadi. 
    Uzluksiz auksion. 
    Broker muqaddam bergan arizasini oʻzgartirishi 
    mumkin emas, shuning uchun vaqt mezoni yozma auksionda muhim 
    element hisoblanadi. Natijada, qimmatli qogʻozning kliring narxi 
    aniqlanadi va shu narxda sotuvchi va xaridorlar bitim tuzadilar. 
    Shunday holat bozorni katta hajmda yigʻilib qolgan moliyaviy 
    aktivlarga boʻlgan buyurtmalarni barobariga sotib turadi. Likvid 
    bozorda bunday “barobariga sotishlar” bir birja kunida bir necha 
    marotaba sodir boʻlib turadi. Jahonda barobariga sotish amaliyotidan 
    keng foydalanadigan yirik bozorlar 

    Avstriya, Belgiya, Germaniya va 
    Isroil davlati birjalaridir. Bunday barobariga sotish savdolari 
    – 
    qimmatli qogʻozlarga doimiy talab va taklif, bozor likvidligi, uzluksiz 
    auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz navbatida, 
    uzluksiz auksion uch turga ega. 
    Birinchi turi 
    – buyurtmalar kitobidan foydalanish, 
    unga brokerlar-
    dan kelib tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili) 
    arizalarni kelib tushish muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish 
    hajmi boʻyicha ajratadi.


    214 
    Ikkinchi turi 
    – tablo, 
    unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan 
    tanlangan eng yaxshi ikkita narx (eng yuqori 

    sotib olish uchun va 
    eng past 

    sotish uchun narxlar) koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan 
    arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi va har bir qimmatli qogʻozga 
    kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish joyi ekraniga yoki 
    tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror bir 
    korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17 
    va 3/8 17 va 3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8 

    talabning eng 
    yaxshi narxi, 17 va 3/4

    taklifning eng yaxshi narxini bildiradi. 
    Bunday narxlar birja savdosi jarayonida savdo oʻyinlari strategiyasini 
    belgilash va arizalar korrektirovkasini qilish uchun asos boʻlib xizmat 
    qiladi. Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi treyderlar koʻrishi uchun 
    brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi. Buyurtmalar 
    tabloga xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal 
    qiluvchi rolni oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday 
    narxlarda avvalroq kelib tushsa va bozorning qarshi tomonidagi 
    buyurtmalar bajarilishiga yoʻl qoʻymasa, buyurtmalar bajarilmaydi. 
    Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik sababi aksiyaga “avvalroq” ariza 
    kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq” arizalarning narxlari 
    diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq qilsa, 
    savdo jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib 
    tashlab, birja savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja 
    savdosi tashkil etilishining oʻzi chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali 
    bozor likvidligini oshirishga imkon beradi.
    Uzluksiz auksionning uchinchi turi 
    – olomon. 
    Treyderlar faqat 
    savdoga kelib tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja 
    vakili) atrofida toʻplanishadi va kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan 
    narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi savdolar turli narxlarda 
    amalga oshadi va koʻp hollarda bitta xaridor aniq narxni belgilamagan 
    holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid 
    qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik 
    birjalarda “olomon” shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur 
    qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik kompaniyalar tomonidan aktiv 
    emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz birja savdosining 
    yarim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni 
    birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan 


    215 
    “tozalab” bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga 
    koʻtaradi. 
    Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion zalga alohida 
    talablar belgilanadi: 
    -
    har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
     
    -
    har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr 
    shaklida boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan 
    joyni “pol”, “chuqurlik” yoki “birja xalqasi” deyiladi;
     
    -
    zal markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni 
    olib boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi 
    darkor;
     
    -
    zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish 
    huquqi mavjud boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi 
    boʻladi; 
    -
    axborot tablo mavjudligi; 
    -
    axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil 
    etish; 
    -
    birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari 
    uchun boʻlimlar boʻlishi darkor. 


    216 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish