226
3. Tijorat banklari tomonidan aksiyalar va obligatsiyalar joy-
lashtirish tartibi boʻyicha quyidagi jadvalni toʻldiring.
Aksiyalar joylashtirish tartibi
Obligatsiyalar joylashtirish tartibi
1
2
3
...
1
2
3
...
TESTLAR
1. Tijorat tashkiloti boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslardan
omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʻlardan ta-
vakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish,
toʻlovlarni amalga oshiradigan yuridik shaxs - …
a) bank;
b) markaziy depozitariy;
d) sugʻurta
tashkiloti;
e) investitsiya jamgʻarmasi.
2. Talab qilinishi bilanoq yoki toʻlovni amalga oshiruvchi
shaxs bilan toʻlovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakil-
lari oʻrtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq toʻla-
gan holda yoxud bunday toʻlovlarsiz hammasini qaytarib berish
sharti bilan topshiriladigan pul summasi - ...
a) omonat (depozit);
b) investitsiya;
d) kredit;
e) qarz.
3. Moliya bozorida Banklar quyidagi qaysi koʻrinishda
ishtirok etishi mumkin?
a) emitent;
b) investor;
d) investitsion vositachi;
e) barcha javoblar toʻgʻri.
4. Oʻzbekiston Respublikasining qaysi qonunida tijorat bank-
lari qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini