330
Barcha mamlakat va xududlar kesimida aholi jon boshiga YAIM
summasi va raqamli moliyaviy mahsulotlardan foydalanish darajasi
o'rtasida kuchli bog'liqlik mavjud (64,02-87,7%gacha). Biroq ularning
kuchi yuqori daromadli mamlakatlar uchun 50-74%ni, yuqori o'rtacha
daromadli mamlakatlarda – 40-42%ni, past o'rtacha va past daromadli
mamlakatlarda – 33-44%ni tashkil qiladi. Bunda yuqori o'rtacha
daromadli mamlakatlarda raqamli tranzaktsiyalar
amalga oshirgan
yoki qabul qilgan aholi ulushi va aholi jon boshiga YAIM summasi
o'rtasidagi bog'liqlik statistik ahamiyatga ega emas. Past o'rtacha va
past daromadli mamlakatlarda mobil telefon yoki Internet yordamida
moliyaviy muassasadagi hisobraqamidan foydalangan aholi ulushi va
aholi jon boshiga YAIM summasi o'rtasida teskari bog'liqlik bor (-
27,3%).
Inflyasiya bilan kuchsiz teskari bog'liqlik mavjud bo'lib, u 25-
37%ni tashkil etadi. Mazkur ko'rsatkich o'rtasida rivojlanish darajasiga
qarab guruhlanganda bog'liqlik statistik ahamiyatga ega emas. Raqamli
moliyaviy mahsulotlardan foydalanish darajasi mamlakatning ishsizlik
darajasiga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ammo NPL – xarakatsiz
kreditlarning kredit portfelidagi ulushi ko'rsatkichi
bilan raqamli
moliyaviy mahsulotlardan foydalanish darajasi o'rtasida 29,2%dan
37,4%gacha teskari bog'liqlik mavjud. Yuqori o'rtacha daromadli
mamlakatlarda ushbu ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlik statistik
ahamiyatga ega emas. Past o'rtacha va past daromadli mamlakatlarda
faqatgina mobil telefon yoki Internet
yordamida moliyaviy
muassasadagi hisobraqamidan foydalangan aholi ulushi va NPL
o'rtasida kuchsiz to'g'ri bog'liqlik mavjud (38,7%). Yuqori daromadli
mamlakatlarda ushbu ko'rsatkichlar o'rtasida bog'liqlik mavjud va
Spirman koeffisienti barcha ko'rsatkichlar uchun 50%ga yaqin. Bunda
barcha ko'rsatkichlar o'rtasidagi eng kuchli bog'liqlik
aynan Internet
orqali to'lov amalga oshirgan yoki xarid qilgan aholi ulushiga to'g'ri
kelmoqda.
Yuqorida amalga oshirilgan korrelyasion tahlil natijalariga
asosan quyidagi xulosaga kelish mumkin:
1. Umuman
olganda,
raqamli
moliyaviy
mahsulotlardan
foydalanish darajasi va YAIM o'rtasida bog'liqlik mavjud. Ushbu
ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlik mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga qarab kuchayib boradi.
331
2. raqamli moliyaviy mahsulotlardan foydalanish darajasi va
aholi jon boshiga YAIM ko'rsatkichlari o'rtasida etarli darajada kuchli
bog'lanish mavjud. Ya'ni, raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish
aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
3. raqamli moliyaviy mahsulotlardan
foydalanish darajasi har
doim ham
mamlakat
moliyaviy barqarorligi
uchun hizmat
ko'rsatmasligi mumkin. Bu yuqorida harakatsiz kreditlar misolida
ko'rib o'tildi. Moliyaviy tizim va infrastruktura
yuqori rivojlangan
holda
raqamli
moliya
mahsulotlaridan
foydalanish
Nplni
kamaytirishga xizmat qiladi, aks xolda banklar moliyaviy holatiga
yomonlashuviga ham olib kelish havfi mavjud.
Moliyaviy texnologiyalar orqali takomillashtirilgan bank
mahsulotlari keng joriy etilgan rivojlanayotgan 5
ta mamlakatda
muammoli aktivlar so'nggi yildagi iqtisodiy inqirozga qaramay
barqaror tushib borish dinamikasiga ega.