335
texnologiyalarini keng joriy etishda
yuqori marralarga erishishi
mumkinligini ko'rish mumkin.
20.6-rasm. 2010-2020
130
yillarda jahonda ochilgan va faoliyat
yuritib kelayotgan neobanklar soni
131
20.6-rasmda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, jahonda neo
banklar
ochilishi dinamikasi kun sayin oshib bormoqda. 2020
yildagi
ko'rsatkich esa, bugungi kunda har 5 kunda 1 ta neobank
ochilayotganligini anglatadi. Ularning an'anaviy
banklariga nisbatan
quyidagi ustunliklari:
- hisobraqam ochishning sodda va tezkor jarayoni;
- tezkor va komissiyasiz xalqaro to'lov va o'tkazmalar;
- o'z mablag'lari xarakatini kuzatish
va hisobraqamlarni optimal
agregasiyalash imkoniyati;
- arzon kredit va boshqa mahsulotlaridan iborat.
Banklarning
koronavirus
pandemiyasi
davrida
Deloitte
kompaniyasi tadqiqotlariga asosan 2020 yilda banklarning 60%
filiallarini yopishga yoki ish soatlarini qisqartirishga, 11% banklar
hisobraqam ochish usulini o'zgartirishga, 6% banklar esa yangi
mijozlarga hisobraqam ochish yoki xizmat ko'rsatishni
qisqartirishga
majbur bo'lganlar. Bozordagi talabga javoban jahondagi banklarning
130
Mazkur grafikda 2020 yil dekabr oyigacha ochilgan neobanklar soni kiritilgan.
131
Grafik Jahon banki tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlar asosida tayyorlandi. Manba: